Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Ostonada Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Shavkat Mirziyoyev ham kuzatuvchi davlat rahbari maqomida uchrashuvda ishtirok etadi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Bugun Ostonda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (OYeIK) tor doiradagi yig‘ilishi Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘iziston rahbarlari, shuningdek, Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Mher Grigoran ishtirokida yopiq eshiklar ortida boshlandi. Unda ishtirokchilar Armanistonning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish rejalarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Shundan so‘ng yig‘ilish kengaytirilgan tarkibda davom etadi, unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Kuba vitse-prezidenti Salvador Valdes Mesa va Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Muhammad Atabak ishtirok etadi.
Ushbu yig‘ilish YeIK faoliyati boshlanganidan beri 26-yig‘ilishdir.
Yangiliklar lentasi
0