TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Eron tomonidan joriy etilgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi boshqarmasiga sanksiyalar kiritdi.Aprel oyida Eron kemalarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishini tartibga soluvchi maxsus organ tuzdi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ma’lumotlariga ko‘ra, Hormuzdagi fuqarolik va tijorat kemalarining barcha harakati belgilangan yo‘nalish bo‘ylab va Eron rasmiylari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Aprel oyida Eron kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishini tartibga soluvchi maxsus organ tuzgan edi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Eron tomonidan joriy etilgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi boshqarmasiga sanksiyalar kiritdi.
"Fors ko‘rfazi boshqarmasi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasining maxsus belgilangan fuqarolar va bloklangan shaxslar ro‘yxatiga qo‘shildi", deb e’lon qildi AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAS).
Aprel oyida Eron kemalarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishini tartibga soluvchi maxsus organ tuzdi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ma’lumotlariga ko‘ra, Hormuzdagi fuqarolik va tijorat kemalarining barcha harakati belgilangan yo‘nalish bo‘ylab va Eron rasmiylari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
AQSh - Eron sulhi
28 fevralda boshlanib 40 kun davom etgan urushdan so‘ng, AQSh Eronning 10ta shartdan iborat tinchlik bitimini muzokaralar asosi sifatida qabul qilishini aytib, 8-apreldan ikki haftalik sulh e’lon qildi.
Lekin Isroil shu kunning o‘zida Livanga ommaviy avia hujumlar uyushtirdi. Eron bunga javoban Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana yopiq deb e’lon qildi.
AQSh va Eron delegatsiyalari orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermadi. AQSh Eronga qo‘shimcha talablar qo‘ydi, Eron esa ularni qabul qilmadi.
Shundan so‘ng 13-aprel kuni Tramp Hormuz bo‘g‘ozining tashqi tomonidan o‘z harbiy kemalarini joylashtirib, Eron portlariga kirib-chiqayotgan kemalarni blokirovka qilishni e’lon qildi.
Bunga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopdi va keyingi aloqalardan bosh tortdi.