https://oz.sputniknews.uz/20260527/shavkat-mirziyoev-ozbekiston-xalqini-qurbon-hayiti-bilan-tabrikladi-57891895.html
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident o‘z tabrik so‘zida boshqa mamlakatlardagi musulmonlarni, chet elda ishlayotgan va o‘qiyotgan o‘zbekistonliklarni ham qutlagan. 27.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-27T09:17+0500
2026-05-27T09:17+0500
2026-05-27T09:21+0500
prezident
shavkat mirziyoyev
tabrik
samimiy tabrik
qurbon hayiti
qurbon bayram
islom dini
islom sivilizatsiyasi markazi
musulmonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/07/42835415_0:34:1280:754_1920x0_80_0_0_18728f376cff8a7c8d0e499605fa1134.jpg
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.Shuningdek, davalat rahbari o‘z tabrik so‘zida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda islom dinining asl mohiyatini o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi qilinayotgan ishlar, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Marg‘ilon shahridagi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi ochilishi haqida aytib o‘tgan. Undan tashqari, prezident, har yili O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq kishi hajga borayotgani va bu yil birinchi marta “Prezident hojilari” dasturi yo‘lga qo‘yilganini ham alohida qayd etgan. Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrik so‘zida boshqa mamlakatlardagi musulmonlarni, chet elda ishlayotgan va o‘qiyotgan o‘zbekistonliklarni ham qutlagan. Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi. Bayram kunlarida ham elimiz xizmatida, Vatan sarhadlarida o‘z vazifasini mas’uliyat bilan ado etayotgan yurtdoshlarimizga alohida minnatdorlik bildiramiz.Ilohim, Yaratgan parvardigor el-yurtimizni o‘z panohida asrasin! Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin, - deyiladi tabrik so‘z yakunida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/07/42835415_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ac6a0b92aa1353566b5fee96d8bccf47.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident, shavkat mirziyoyev, tabrik, samimiy tabrik, qurbon hayiti, qurbon bayram, islom dini, islom sivilizatsiyasi markazi, musulmonlar
prezident, shavkat mirziyoyev, tabrik, samimiy tabrik, qurbon hayiti, qurbon bayram, islom dini, islom sivilizatsiyasi markazi, musulmonlar
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
09:17 27.05.2026 (yangilandi: 09:21 27.05.2026) Prezident o‘z tabrik so‘zida boshqa mamlakatlardagi musulmonlarni, chet elda ishlayotgan va o‘qiyotgan o‘zbekistonliklarni ham qutlagan.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.
Muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman, deyiladi tabrik so‘zida.
Shuningdek, davalat rahbari o‘z tabrik so‘zida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda islom dinining asl mohiyatini o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi qilinayotgan ishlar, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Marg‘ilon shahridagi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi ochilishi haqida aytib o‘tgan.
Undan tashqari, prezident, har yili O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq kishi hajga borayotgani va bu yil birinchi marta “Prezident hojilari” dasturi yo‘lga qo‘yilganini ham alohida qayd etgan.
Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrik so‘zida boshqa mamlakatlardagi musulmonlarni, chet elda ishlayotgan va o‘qiyotgan o‘zbekistonliklarni ham qutlagan.
Fursatdan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlaridagi musulmon do‘stlarimiz va hamkorlarimizga ham qizg‘in qutlovlarimizni yo‘llab, ularga tinchlik, ravnaq va farovonlik tilab qolamiz.
Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi. Bayram kunlarida ham elimiz xizmatida, Vatan sarhadlarida o‘z vazifasini mas’uliyat bilan ado etayotgan yurtdoshlarimizga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Chet ellarda tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizni ham samimiy tabriklab, ularning barchasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Ilohim, Yaratgan parvardigor el-yurtimizni o‘z panohida asrasin! Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin, - deyiladi tabrik so‘z yakunida.