50 nafar bemorda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi — SSV

© Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2026
Obuna bo‘lish
Prezident qarorida 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish nazarda tutilgan.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Prezident qarori asosida 50 nafarga yaqin bemorda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

2026 yil 27-may soat 09:00 holatiga ko‘ra:

194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi;
112 nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan bemor tibbiyot muassasalariga joylashtirilib, ularning 5 nafarida murakkab jarrohlik operatsiyasi bajarildi;
14 nafar shaxs tibbiyot muassasalariga yotqizildi va ularning 2 nafarida jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorini imzolagan edi.
Qarorga muvofiq, og‘ir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2,3 ming nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, ularni davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish hamda kamida 350 nafar bemorlarda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlar davlat maqsadli jamg‘armalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan ajratiladigan 690 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali moliyalashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0