Mehnat bozori, chet tili va IT: Mirziyoyev bitiruvchilarga qanday tavsiyalar berdi
09:15 25.05.2026 (yangilandi: 10:49 25.05.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev “so‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan bitiruvchilarni tabriklab, ta’lim, kasb, startap va IT sohasidagi imkoniyatlarni sanadi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “so‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan maktab bitiruvchilarini tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari bugun mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablarida bayram tadbirlari o‘tayotganini ta’kidladi. Joriy yilda 472 ming nafar o‘g‘il-qiz maktab ta’limini tugatib, katta hayotga qadam qo‘ymoqda.
Prezident tabrigida bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va mehnat bozoridagi talablar hamda yoshlar erishayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.
Xususan, davlat rahbari quyidagi raqamlarni keltirdi:
• joriy yilda 472 ming nafar o‘quvchi maktabni tamomlamoqda;
• birinchi marta 11 ming nafardan ziyod bitiruvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan yakunlamoqda;
• mamlakatda 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum bitiruvchilarga bilim va kasb berishga tayyor;
• 171 nafar yosh dunyoning yetakchi universitetlariga qabul qilindi;
• tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun banklar joriy yil 25 trillion so‘m arzon kredit taklif etmoqda;
• startap loyihalari uchun 100 million dollar mablag‘ ajratilishi belgilangan;
• yirik IT kompaniyalar har yili kamida 50 ming bitiruvchini sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitib, ishga joylashtirishga tayyor;
• kelgusi yillarda 168 ming gektar super intensiv sanoatlashgan bog‘lar tashkil etiladi.

Mirziyoyev bugungi mehnat bozorida faqat diplom emas, amaliy bilim, malaka va natija muhim ekanini ta’kidladi. U bitiruvchilarni kamida bitta xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashga chaqirdi.
Prezident yoshlar uchun kitob o‘qishning ahamiyatiga ham alohida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kitob insonga keng dunyoqarash, kuchli iroda va to‘g‘ri yo‘l beradi.
Davlat rahbari so‘nggi yillarda yoshlar erishayotgan yutuqlarni ham tilga oldi. Jumladan, Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov va Abduqodir Husanov kabi sportchilar shaxmat va futbol olamida O‘zbekiston nomini dunyoga tanitmoqda.
Shuningdek, yosh kino ijodkorlar suratga olgan qisqa metrajli film Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi inklyuziv filmlar festivalida Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘lgani qayd etildi.
Prezident bitiruvchilarni oldilariga katta maqsadlar qo‘yishga, o‘zlariga ishonishga va doimo olg‘a intilishga chaqirdi.