Kontrakt to‘lovi muddati uzaytirildi — bu kimlarga tegishli?

© ShutterstockStudent na ekzamene
Student na ekzamene
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Obuna bo‘lish
Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash hamda talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 10-iyungacha uzaytirildi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 2026-yil 10-iyunga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qaror abituriyentlar, ularning ota-onalari va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olingan holda qabul qilingan.
To‘lov-kontrakt muddati quyidagi toifalar uchun uzaytirildi:
• bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
• o‘qishi ko‘chirilgan, ko‘chirib tiklangan va qayta tiklangan talabalar.
Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatini 100 foiz to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 10-iyungacha, shu kuni ham, uzaytirildi.
Vazirlik eslatishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lash muddati oliy ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin
Oplata za uchobu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
Kontrakt to‘lovi muddatlari yangilandi: oliy ta’limda yangi qoidalar joriy etildi
Yangiliklar lentasi
0