O‘zbekiston kurashchilari U23 Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshladi

© Press-slujba NOK UzbekistanaBorsi greko-rimskogo stilya iz Uzbekistana uspeshno startovali na chempionate Azii
Borsi greko-rimskogo stilya iz Uzbekistana uspeshno startovali na chempionate Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
Vyetnamda o‘tayotgan U23 Osiyo chempionatida O‘zbekistonning yunon-rum kurashchilari ilk kunning o‘zida 4 ta medal qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Vyetnamda o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Da Nang shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning ilk kunida yunon-rum kurashi vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin medallarga 67 kg vazn toifasida Aytjan Xalmaxanov va 77 kg vaznda Abdullo Aliyev sazovor bo‘ldi.
82 kg vaznda Azimjon Soatullayev kumush medalni qo‘lga kiritdi. 72 kg vazn toifasida esa Shahzod Qo‘chqorov bronza medal bilan taqdirlandi.
Mazkur natija O‘zbekiston yosh kurashchilarining qit’a chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab berdi. U23 va U17 yosh toifalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati 23–31 may kunlari davom etadi.
Sbornaya Uzbekistana vpervie za 24 goda zavoyevala zoloto po greko-rimskoy borbe na chempionate mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2025
Sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0