Chet el fuqarolari 50 ming dollar to‘lab soliq imtiyozi olishi mumkin

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
Hukumat chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini berish tartibini tasdiqladi. Rejim xorijiy daromadlarni JShDSdan ozod qiladi.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. O‘zbekistonda 50 ming dollar maxsus yig‘im to‘lagan chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi belgilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 21-maydagi qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.
Maxsus soliq rejimi fuqarolik olish tartibi emas. U chet el fuqarosiga O‘zbekistonda alohida soliq maqomini olish va mamlakat hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish imkonini beradi. Bu rejim 2026-yil 1-yanvardan joriy etilishi belgilangan.
Ushbu rejimni olish uchun chet el fuqarosi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz, Elektron soliq xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshiradi.
Arizaga chet el pasporti nusxasi hamda O‘zbekistonda bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjat — viza yoki boshqa tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Soliq qo‘mitasi komissiya xulosasi bo‘yicha 1 ish kunida chet el fuqarosiga xabarnoma yuboradi.
Ijobiy xulosa olgan chet el fuqarosi O‘zbekistondagi maxsus vakolatli tijorat bankida hisobvaraq yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamon ochadi. Shundan so‘ng u 50 ming dollar miqdorida maxsus yig‘im to‘laydi.
Prezident farmoniga ko‘ra, maxsus soliq rejimi chet el fuqarosining voyaga yetgan yaqin qarindoshlariga ham tatbiq etilishi mumkin. Buning uchun har bir yaqin qarindosh uchun 10 ming dollar maxsus yig‘im to‘lanadi.
Maxsus soliq rejimi talablarni bajargan chet el fuqarolari va ularning voyaga yetgan yaqin qarindoshlariga arizada ko‘rsatilgan soliq davri uchun beriladi. Uning muddati 5-yildan oshmaydi.
Hujjatga ko‘ra, maxsus yig‘im to‘lagan chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari O‘zbekistonda turgan joyi bo‘yicha 5-yilgacha muddatga ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Gosudarstvenniy nalogoviy komitet. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
Ellik ming dollar to‘lagan chet elliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0