2016 yildagi pasayishdan keyin avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5 barobar oshdi

Obuna bo‘lish
Yillar kesimida ko‘rsatkichlar o‘sish dinamikasini namoyon qilmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda respublikada 457 883 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu 2015-yilga nisbatan 267,4 mingtaga ko‘p. 2015-yilda ishlab chiqarish hajmi 190,5 mingta avtomobil bo‘lgan.
2026 yilning yanvar–mart oylarida esa O‘zbekistonda turli rusumdagi 108 769 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi.
Yillar kesimida ko‘rsatkichlar o‘sish dinamikasini namoyon qilmoqda. 2016-yilda ishlab chiqarish hajmi 92,7 mingtagacha pasaygan bo‘lsa, keyingi yillarda sohada qayta o‘sish kuzatildi. 2023-yilda ishlab chiqarish 426,1 mingtaga, 2024-yilda 435,2 mingtaga, 2025-yilda esa 457,9 mingtaga yetdi.
Mazkur ma’lumotlar maxsus yengil avtomobillarni qo‘shgan holda hisoblangan.
Batafsil - Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0