O‘zbekiston Eronga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
O‘zbekiston Eronga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15 ta yuk mashinasidan iborat gumanitar yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi.O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15 ta yuk mashinasidan iborat gumanitar yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.Gumanitar yordam Turkmaniston–Eron chegarasidagi "Artik–Lyutfobod" nazorat-o‘tkazish punktida Eron tomoniga tantanali ravishda topshirildi.Tadbirda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshan Alimov, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ro‘zbehoniy, Dargaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xurosoni Razaviy viloyatidagi vakili Haydari Fard, shuningdek, bojxona, sog‘liqni saqlash va insonparvarlik tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.Eron tomoni ushbu sinovli damlarda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun O‘zbekiston prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirdi.Ta’kidlanishicha, mazkur insonparvarlik tashabbusi O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash ruhining yana bir yorqin ifodasidir.Eslatamiz, mart oyida O‘zbekiston Eronga oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yukini yetkazib bergan edi.
15 ta yuk mashinasidan iborat gumanitar yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15 ta yuk mashinasidan iborat gumanitar yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.
Gumanitar yordam Turkmaniston–Eron chegarasidagi "Artik–Lyutfobod" nazorat-o‘tkazish punktida Eron tomoniga tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshan Alimov, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ro‘zbehoniy, Dargaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xurosoni Razaviy viloyatidagi vakili Haydari Fard, shuningdek, bojxona, sog‘liqni saqlash va insonparvarlik tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Eron tomoni ushbu sinovli damlarda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun O‘zbekiston prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur insonparvarlik tashabbusi O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash ruhining yana bir yorqin ifodasidir.
Eslatamiz, mart oyida O‘zbekiston Eronga oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yukini yetkazib bergan edi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.