https://oz.sputniknews.uz/20260522/natija-uchun-ishlash-57776315.html
Prezident: bundan buyon “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar asosiy mezoni bo‘ladi
Prezident: bundan buyon “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar asosiy mezoni bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturi davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga qaratilgan. 22.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-22T13:51+0500
2026-05-22T13:51+0500
2026-05-22T13:51+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/16/57776392_0:118:2252:1385_1920x0_80_0_0_eff3cf45f4363a382c19615548aa4cc5.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida davlat idoralari faoliyatida endi asosiy mezon natija bo‘lishini ta’kidladi.Davlat rahbari samarali boshqaruv qanchalik muhim ekaniga e’tibor qaratdi.Ma’lum qilinishicha, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, eng ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlaydi.Joriy yil yanvar-aprel oylarida dastur doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholandi.Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi.Tanlov natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali vazirlik nominatsiyasida g‘olib deb topildi.Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi.Davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ijobiy natijalari uchun Ichki ishlar vazirligi eng namunali deb tan olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260512/davlat-xizmatlar-byurokratiya-qisqartirish-57514361.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/16/57776392_125:0:2128:1502_1920x0_80_0_0_4147d14837a60244b4b1e587f2a73441.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Prezident: bundan buyon “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar asosiy mezoni bo‘ladi
Ta’kidlanishicha, "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturi davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga qaratilgan.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida davlat idoralari faoliyatida endi asosiy mezon natija bo‘lishini
ta’kidladi. Davlat rahbari samarali boshqaruv qanchalik muhim ekaniga e’tibor qaratdi.
“Vazirlik va agentliklar, qo‘mita va inspeksiyalar faoliyatini xolis baholash, ularning aholi oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish endi doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. Bundan buyon “jarayon uchun” emas, “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar faoliyatida asosiy mezonga aylanadi”, - dedi Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, eng ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlaydi.
Joriy yil yanvar-aprel oylarida dastur doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholandi.
Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali vazirlik nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ijobiy natijalari uchun Ichki ishlar vazirligi eng namunali deb tan olindi.