“Biz bu kunlarni 34-yil kutdik”: Mirziyoyev JChga yo‘l olayotgan terma jamoa bilan uchrashdi
18:40 22.05.2026 (yangilandi: 18:58 22.05.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
FIFA taqvimiga ko‘ra, O‘zbekiston JCh-2026 ning K guruhida o‘ynaydi. Raqiblar — Portugaliya, Kolumbiya va Kongo.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha milliy terma jamoani jahon chempionatiga tantanali kuzatish marosimida ishtirok etdi.
Davlat rahbari katta futbol bayrami – AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutladi.
“Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34-yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi. Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi. To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim”, - dedi prezident.
Mirziyoyev maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etdi.
Davlat rahbari mamlakatda sportga, xususan, futbolga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar mazkur yutuqlarga katta zamin bo‘lganini ta’kidladi.
So‘nggi yillarda joylarda 200 tadan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshladi. 1,5 mingdan ortiq mahallaga sport maydonchalari qurib berildi. Poytaxtda zamonaviy Olimpiya shaharchasi barpo etildi, Yuqori Chirchiqda “Milliy futbol markazi” ishga tushirildi. Har bir viloyatda bittadan professional futbol akademiyasi va futbol maktablari tashkil qilindi.
Bu ishlar hisobiga havaskor futbolchilar soni 5 millionga yetdi, futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 1 million 300 mingdan oshdi, professional futbolchilar 17 mingga yetdi.
“Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu eng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi”, - dedi Mirziyoyev.

"Oldingizda turgan muhim uchrashuvlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan, boringizni berib o‘ynang. Har bir to‘p, har bir vaziyat, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing! Mundialdagi barcha o‘yinlaringizda fan-klublar a’zolari, minglab futbol muxlislari, Amerikadagi vatandoshlarimiz ham stadiondan sizlarni qo‘llab-quvvatlab turadi. Maydondagi har bir harakatingizni 40 millionga yaqin xalqimiz ekran ortida katta hayajon bilan hayqirib kuzatadi, yuraklarni junbishga keltiradigan hissiyot oladi. Yodingizda bo‘lsin: el-yurtimiz sizlarga ishonadi, Prezident sizlarga ishonadi! Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar! G‘alaba va omad hamisha yor bo‘lsin!”, - deya tilak bildirdi davlat rahbari futbolchilarga.
2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida birinchi marta 48 ta jamoa ishtirok etadi va uchta mamlakat - Qo‘shma Shtatlar, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan birinchi musobaqa bo‘ladi. Turnir 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.
FIFA taqvimiga ko‘ra, O‘zbekiston JCh-2026 ning K guruhida o‘ynaydi. Raqiblar — Portugaliya, Kolumbiya va Kongo.
O‘zbekiston ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Mexikoda Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi, 23-iyun kuni Xyustonda Portugaliya bilan, 27-iyun kuni esa Atlantada Kongo DR bilan maydonga tushadi. Bu O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionati bo‘ladi.