O‘zbekiston MDHda xizmatlar savdosi bitimini tasdiqladi — bu biznesga nima beradi?

© Sputnik / Dmitriy Dudo / Mediabankka o‘tishemblema SNG (arxivnoe foto)
emblema SNG (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Obuna bo‘lish
Bitim O‘zbekiston kompaniyalariga MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatish, biznes ochish va investitsiya kiritishda bozorga kirish shartlarini yengillashtirishi mumkin.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida xizmatlar savdosi, kompaniyalar faoliyati va investitsiyalarni amalga oshirishga oid bitimni tasdiqladi. Bu mahalliy biznes uchun Hamdo‘stlik davlatlari bozorlarida ishlash imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
Bitimning asosiy maqsadi — MDH davlatlari o‘rtasida xizmatlar bozoriga kirish, kompaniya ochish, filial yoki vakolatxona tashkil etish, faoliyat yuritish va investitsiya kiritish uchun yanada shaffof va barqaror sharoit yaratish.
Amalda bitim O‘zbekiston kompaniyalari uchun MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatish, biznes ochish va investitsiya kiritishda bozorga kirish shartlarini yengillashtirishi mumkin.
Bitimga ko‘ra, ishtirokchi davlatlar boshqa tomon kompaniyalariga o‘z tadbirkorlariga nisbatan kamsituvchi shartlar qo‘ymasligi kerak. Shu bilan birga, ayrim sohalar bo‘yicha har bir davlat o‘z cheklov va istisnolarini saqlab qolishi mumkin.
Bitim ishtirokchilari boshqa tomon tadbirkorlari uchun yuridik shaxs, filial yoki vakolatxona ochish bo‘yicha asossiz cheklovlar kiritmasligi nazarda tutilgan.
Shuningdek, yuridik shaxslar, filiallar yoki vakolatxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlarni legalizatsiya yoki apostil qilish talab etilmaydi. Bu biznes uchun hujjatbozlik va vaqt sarfini kamaytirishi mumkin.

Bitim 2024-yil 5-iyunda Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston uchun kuchga kirgan. Keyinchalik Armaniston, Qozog‘iston va Rossiya ham ushbu bitimga qo‘shilgan.

2012 yildan beri MDH doirasida tovarlarning erkin savdo rejimi amal qilib kelmoqda. Yangi bitim esa xizmatlar va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Zasedanie mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2026
O‘zbekiston va YeOII
Galuzin: O‘zbekiston Yevroosiyodagi integratsion jarayonlarning muhim ishtirokchisi
Yangiliklar lentasi
0