https://oz.sputniknews.uz/20260521/svo-maqsadlar-ukraine-muzokaralar-shartlar-57741321.html
Lavrov harbiy operatsiya maqsadlari va Ukraina bo‘yicha muzokaralar shartlarini aytdi
Lavrov harbiy operatsiya maqsadlari va Ukraina bo‘yicha muzokaralar shartlarini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov Ukrainadagi voqealar zamirida tarixiy adolatni tiklash yotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya SVO vazifalarini izchil hal etmoqda va muzokaralarga ochiqligini saqlab qolmoqda.
2026-05-21T14:09+0500
2026-05-21T14:09+0500
2026-05-21T14:09+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya tiv
sergey lavrov
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57740806_0:47:900:553_1920x0_80_0_0_8f087d61003904275ab2022ed4d72b65.jpg
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar zamirida tarixiy adolatni tiklash masalasi turibdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "SMG Shanxay" mediaguruhiga bergan intervyusida.Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSR parchalanganidan keyin ruslar bir qismi o‘z tarixiy hududlarida yashagan holda Rossiyadan tashqarida qolgan. Lavrovning ta’kidlashicha, agar bu majburiyatlar bajarilganida, maxsus harbiy operatsiya haqida gap bo‘lmasdi. Uning aytishicha, maxsus operatsiyaning asosiy maqsadlaridan biri ruslar va rusiyzabon aholining til, ta’lim va diniy huquqlarini tiklashdan iborat.Rossiya TIV rahbari ikkinchi vazifa sifatida Ukraina hududidan Rossiya chegaralariga doimiy tahdid yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikni atadi. Uning fikricha, 2014-yildagi davlat to‘ntarishidan keyin Ukraina zamonaviy qurollar bilan qurollantirilib, Rossiyaga qarshi gijgijlatilgan.Lavrov Rossiya Ukraina neytral, bloksiz va yadrosiz davlat bo‘lgan holatdagina uni tan olganini eslatdi.Bundan tashqari, Lavrov Ukrainada rus tili va pravoslav cherkovi huquqlari masalasiga ham e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, til va din huquqlari savdo predmeti emas, balki BMT Nizomi talab qiladigan asosiy inson huquqlaridandir.Vazirning aytishicha, Rossiya maxsus harbiy operatsiya vazifalarini izchil hal etmoqda. U 2026-yilda 80 taga yaqin aholi punkti, jumladan, mart va aprel oylarida 35 ta aholi punkti ozod qilinganini ma’lum qildi.Lavrov Moskva muzokaralarga ochiqligini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ankoridjdagi uchrashuvdan keyin ham AQSh bilan aloqa kanallari saqlanib qolgan. Rossiya uchun asosiy shartlar — mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish, Ukraina bloksiz maqomini ta’minlash va yerdagi voqelikni tan olishdan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20260515/lavrov-ukraina-57594032.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57740806_50:0:850:600_1920x0_80_0_0_343332ab98f11d7638f93a1ac721875c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya tiv, sergey lavrov, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya tiv, sergey lavrov, ukraina
Lavrov harbiy operatsiya maqsadlari va Ukraina bo‘yicha muzokaralar shartlarini aytdi
Lavrovga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiyaning asosiy vazifalari rusiyzabon aholi huquqlarini tiklash va Ukrainadan Rossiyaga tahdid kelishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar zamirida tarixiy adolatni tiklash masalasi turibdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "SMG Shanxay" mediaguruhiga bergan
intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSR parchalanganidan keyin ruslar bir qismi o‘z tarixiy hududlarida yashagan holda Rossiyadan tashqarida qolgan.
Ukraina mustaqillikka erishayotganda neytral, bloksiz va yadrosiz davlat bo‘lishini, shuningdek, ruslar va boshqa milliy ozchiliklar huquqlarini himoya qilishini e’lon qilgan.
Lavrovning ta’kidlashicha, agar bu majburiyatlar bajarilganida, maxsus harbiy operatsiya haqida gap bo‘lmasdi. Uning aytishicha, maxsus operatsiyaning asosiy maqsadlaridan biri ruslar va rusiyzabon aholining til, ta’lim va diniy huquqlarini tiklashdan iborat.
Rossiya TIV rahbari ikkinchi vazifa sifatida Ukraina hududidan Rossiya chegaralariga doimiy tahdid yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikni atadi. Uning fikricha, 2014-yildagi davlat to‘ntarishidan keyin Ukraina zamonaviy qurollar bilan qurollantirilib, Rossiyaga qarshi gijgijlatilgan.
Lavrov Rossiya Ukraina neytral, bloksiz va yadrosiz davlat bo‘lgan holatdagina uni tan olganini eslatdi.
“Uni hozir NATOga jalb qilishmoqda, biz bunday Ukrainani tan olmaganmiz”, - dedi u.
Bundan tashqari, Lavrov Ukrainada rus tili va pravoslav cherkovi huquqlari masalasiga ham e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, til va din huquqlari savdo predmeti emas, balki BMT Nizomi talab qiladigan asosiy inson huquqlaridandir.
Vazirning aytishicha, Rossiya maxsus harbiy operatsiya vazifalarini izchil hal etmoqda. U 2026-yilda 80 taga yaqin aholi punkti, jumladan, mart va aprel oylarida 35 ta aholi punkti ozod qilinganini ma’lum qildi.
Lavrov Moskva muzokaralarga ochiqligini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ankoridjdagi uchrashuvdan keyin ham AQSh bilan aloqa kanallari saqlanib qolgan. Rossiya uchun asosiy shartlar — mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish, Ukraina bloksiz maqomini ta’minlash va yerdagi voqelikni tan olishdan iborat.