Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston va YeOII savdosi 18 mlrd dollardan oshdi

© Press-slujba YeEKMinistr YeEK i Posol RUz v RF obsudili vzaimodeystvie mejdu YeAES i Uzbekistanom
Ministr YeEK i Posol RUz v RF obsudili vzaimodeystvie mejdu YeAES i Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Obuna bo‘lish
YeOII davlatlari bilan savdo O‘zbekiston tashqi tovar aylanmasining chorak qismini tashkil etadi. 2025-yilda o‘zaro savdo 14,6 foizga o‘sdi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2025-yil yakunlariga ko‘ra 18 milliard dollardan oshdi. Bu 2024-yilga nisbatan 14,6 foiz ko‘p.
Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Doniyor Imanaliyev O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Imanaliyev O‘zbekiston YeOII uchun strategik hamkor ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Botirjon Asadov esa YeIK bilan muloqot konstruktiv ruhda davom etayotganini qayd etdi. U O‘zbekiston YeOII huzuridagi kuzatuvchi maqomi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga tayyorligini bildirdi.
Elchining ta’kidlashicha, YeOIIga a’zo davlatlar bilan savdo O‘zbekiston tashqi tovar aylanmasining chorak qismini tashkil etadi.
Asadov tranzit salohiyatini birgalikda rivojlantirish va O‘zbekistonning Ittifoq mamlakatlarini xorijiy hamkorlar bilan bog‘lovchi asosiy transport yo‘laklarida ishtirok etishi muhimligini aytdi.
Uchrashuvda YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 2027–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi qo‘shma tadbirlar rejasini tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhning 5-yig‘ilishiga tayyorgarlik muhokama qilindi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Vneshnetorgoviy_oborot_Uzbekistana_so_stranami_YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston tashqi savdosining 28,2 foizi YeOII davlatlariga to‘g‘ri keldi — infografika
Yangiliklar lentasi
0