O‘zbekiston chakana savdo bozori 50 mlrd dollardan oshishi mumkin

© SputnikRinok roznichnoy torgovli Uzbekistana mojet previsit 50 mlrd dollarov
Rinok roznichnoy torgovli Uzbekistana mojet previsit 50 mlrd dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Obuna bo‘lish
Tiin savdo tarmog‘i rahbariga ko‘ra, O‘zbekiston chakana savdo bozori yiliga 10 foiz o‘smoqda. Ekspertlar yosh auditoriya e-commerce va raqamli xizmatlar rivojida muhim rol o‘ynashini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonda umumiy chakana savdo bozori bugungi kunda 30–40 milliard dollarni tashkil etadi va yiliga o‘rtacha 10 foizga o‘smoqda. Bu haqda Tiin savdo tarmog‘i bosh direktori Hayotjon Kabirov xalqaro PLAS-Forum Digital Uzbekistan doirasidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bozor va an’anaviy savdo hali ham chakana savdoning qariyb 80 foizini tashkil etadi. Zamonaviy savdo tarmoqlari ulushi 12–15 foiz, elektron tijorat esa 4 foizgacha baholanmoqda.
Kabirov 2030-yilga borib O‘zbekiston chakana savdo bozori 50 milliard dollardan oshishi mumkinligini ta’kidladi. Shu davrga kelib elektron tijorat ulushi 12–15 foizgacha o‘sishi kutilmoqda.
Uning fikricha, bu o‘zgarishlarda yosh auditoriya muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi yoshlar, jumladan, 30 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilardan iborat. Bu esa savdo, to‘lovlar va raqamli xizmatlar bozoriga ta’sir qilmoqda.
Ipak yo‘li banki vakili Aleksey Luznyak ham PLAS-Forumda yosh foydalanuvchilar bilan ishlash masalasiga e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, an’anaviy bank ilovalari yosh auditoriya e’tiborini uzoq vaqt ushlab tura olmayapti.
© SputnikRinok roznichnoy torgovli Uzbekistana mojet previsit 50 mlrd dollarov
Rinok roznichnoy torgovli Uzbekistana mojet previsit 50 mlrd dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Rinok roznichnoy torgovli Uzbekistana mojet previsit 50 mlrd dollarov
“Bugungi yoshlar murakkab interfeys va ortiqcha tugmalardan tez charchaydi”, — dedi u.
Luznyakning ta’kidlashicha, raqamli banklar uchun asosiy kanallar internet va ijtimoiy tarmoqlar hisoblanadi. Shu sababli bank ilovalarida foydalanuvchiga yaqin, sodda va yengil yechimlar muhim ahamiyatga ega.
U misol tariqasida ilovalarda oddiy va emotsional vizual elementlardan, jumladan, mushuklar obrazidan foydalanish mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raqamli banklarni an’anaviy bank tizimi ichida rivojlantirish oson emas. Bunga eski platformalar va ko‘p bosqichli burokratik jarayonlar to‘sqinlik qilishi mumkin.
V Tashkente proxodit mejdunarodnaya vistavka i konferensiya E-commerce Central Asia Expo 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
Toshkentdagi konferensiyada O‘zbekiston elektron savdosi bo‘yicha raqamlar ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0