https://oz.sputniknews.uz/20260520/ukraine-dronlar-evrope-davlat-qayd-etilish-57717709.html
Ukraina dronlari qator Yevropa davlatlarida qayd etildi — Polsha ogohlantirdi
Ukraina dronlari qator Yevropa davlatlarida qayd etildi — Polsha ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Polsha mudofaa vaziri Kiyevni dronlar NATO davlatlari hududiga tushmasligini ta’minlashga chaqirdi. May oyida Yevropada Ukrainaga tegishli yoki Ukrainadan uchib kelgani aytilgan qator holatlar qayd etildi.
2026-05-20T16:26+0500
2026-05-20T16:26+0500
2026-05-20T16:39+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
dron
uchuvchisiz qurilma
nato
ukraina
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57716050_0:131:3072:1859_1920x0_80_0_0_b72a0dae3c3094be990ae77d6467a5bb.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish Kiyevni dronlar NATO davlatlari hududiga tushmasligini ta’minlashni talab qildi.U AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Den Keyn bilan uchrashuvdan keyin shunday bayonot berdi. Polsha vazirining so‘zlariga ko‘ra, Estoniya hududi ustida Ukraina tomonidan uchirilgan dron urib tushirilgan.May oyida Yevropa davlatlarida Ukrainaga tegishli yoki Ukrainadan uchib kelgani taxmin qilingan dronlar bilan bog‘liq bir qator holatlar qayd etildi:• 19-may — Estoniya. F-16 samolyoti Estoniya osmonida Ukraina dronini urib tushirdi. • 18-may — Litva. Litvaning Utensk tumanida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaga tegishli dron qoldiqlari topildi. LRT xabariga ko‘ra, dron tarkibida portlovchi moddalar bo‘lgan. • 17–19 may — Latviya. Latviyada ehtimoliy dron xavfi sabab ikki marta havo trevogalari e’lon qilindi.• 16-may — Turkiya. Turkiyaning Samsun shahrida dron quladi. Mahalliy "Dogru Haber" nashri uni Ukrainaga tegishli “Maya” dron-qopqoni deb atagan. • 15-may — Finlyandiya. Finlyandiyada dron xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilinib, Xelsinki aeroporti harakati vaqtincha to‘xtatildi. Finlyandiya rasmiylariga ko‘ra dronning Ukrainaga bog‘liqligi aniq tasdiqlanmagan.• 13-may — Moldova. Moldova Mudofaa vazirligi Ukraina tomonidan uchib kelgan noma’lum dron mamlakat havo hududini kesib o‘tganini ma’lum qildi.• 13-may — Polsha. Polshada Ukraina bilan chegaraga yaqin hududda kelib chiqishi noma’lum dron topilgani haqida xabar berildi. • 12-may — Gretsiya. Gretsiya mudofaa vaziri Nikos Dendias Lefkada oroli yaqinida topilgan uchuvchisiz suvusti apparati Ukrainaga tegishli ekanini tasdiqlagan. • 10-may — Latviya. Latviyada Rezekne yaqinida Ukrainaga tegishli ikkita dron bilan bog‘liq holat muhokama qilindi. Dronlardan biri bo‘sh neft rezervuariga urilgani aytilgan.• 10-may — Estoniya. Estoniya mudofaa vaziri Ukrainadan dronlarni Estoniya hududidan uzoqroq tutishni so‘radi. Avvalroq, mart oyida Ukraina droni Narva yaqinidagi elektr stansiyasiga urilgani haqida xabar berilgan edi.• 8-may — Moldova. Moldova havo hududi Ukraina tomonidan kirgan noma’lum dron sabab qisman yopilgani haqida xabarlar berilgan.• 7-may — Ruminiya. Ukraina tomondan dron havo hududiga kirgani sabab Ruminiya ikkita qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan.• 5-may — Finlyandiya. Finlyandiya chegara xizmati Ukrainadan uchiirilgan dronlar havo hududini buzgan aytgan.• 3-may — Ruminiya. Ukraina bilan chegara yaqinidagi Suchava okrugida kichik uchuvchisiz apparatga o‘xshash qurilma topilgani xabar qilindi.• 3-may — Estoniya. Estoniya Mudofaa kuchlari va mahalliy OAVlar Ukraina droni yana mamlakat havo hududini buzgani haqida xabar bergan.
https://oz.sputniknews.uz/20260505/ukraine-yordamsiz-turib-berish-57337688.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57716050_162:0:2893:2048_1920x0_80_0_0_5af81623087551bc29511769cbcc8931.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, dron, uchuvchisiz qurilma, nato, ukraina, yevropa ittifoqi
dunyo yangiliklari, dunyoda, dron, uchuvchisiz qurilma, nato, ukraina, yevropa ittifoqi
Ukraina dronlari qator Yevropa davlatlarida qayd etildi — Polsha ogohlantirdi
16:26 20.05.2026 (yangilandi: 16:39 20.05.2026) Polsha mudofaa vaziri Kiyev dronlar NATO davlatlari hududiga tushmasligini ta’minlashi kerakligini aytdi. May oyida Yevropada shunday bir qator holatlar qayd etildi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish Kiyevni dronlar NATO davlatlari hududiga tushmasligini ta’minlashni
talab qildi.
U AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Den Keyn bilan uchrashuvdan keyin shunday bayonot berdi. Polsha vazirining so‘zlariga ko‘ra, Estoniya hududi ustida Ukraina tomonidan uchirilgan dron urib tushirilgan.
May oyida Yevropa davlatlarida Ukrainaga tegishli yoki Ukrainadan uchib kelgani taxmin qilingan dronlar bilan bog‘liq bir qator holatlar qayd etildi:
• 19 may — Estoniya. F-16 samolyoti Estoniya osmonida Ukraina dronini urib tushirdi.
• 18 may — Litva. Litvaning Utensk tumanida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaga tegishli dron qoldiqlari topildi. LRT xabariga ko‘ra, dron tarkibida portlovchi moddalar bo‘lgan.
• 17–19 may — Latviya. Latviyada ehtimoliy dron xavfi sabab ikki marta havo trevogalari e’lon qilindi.
• 16 may — Turkiya. Turkiyaning Samsun shahrida dron quladi. Mahalliy "Dogru Haber" nashri uni Ukrainaga tegishli “Maya” dron-qopqoni deb atagan.
• 15 may — Finlyandiya. Finlyandiyada dron xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilinib, Xelsinki aeroporti harakati vaqtincha to‘xtatildi. Finlyandiya rasmiylariga ko‘ra dronning Ukrainaga bog‘liqligi aniq tasdiqlanmagan.
• 13 may — Moldova. Moldova Mudofaa vazirligi Ukraina tomonidan uchib kelgan noma’lum dron mamlakat havo hududini kesib o‘tganini ma’lum qildi.
• 13 may — Polsha. Polshada Ukraina bilan chegaraga yaqin hududda kelib chiqishi noma’lum dron topilgani haqida xabar berildi.
• 12 may — Gretsiya. Gretsiya mudofaa vaziri Nikos Dendias Lefkada oroli yaqinida topilgan uchuvchisiz suvusti apparati Ukrainaga tegishli ekanini tasdiqlagan.
• 10 may — Latviya. Latviyada Rezekne yaqinida Ukrainaga tegishli ikkita dron bilan bog‘liq holat muhokama qilindi. Dronlardan biri bo‘sh neft rezervuariga urilgani aytilgan.
• 10 may — Estoniya. Estoniya mudofaa vaziri Ukrainadan dronlarni Estoniya hududidan uzoqroq tutishni so‘radi. Avvalroq, mart oyida Ukraina droni Narva yaqinidagi elektr stansiyasiga urilgani haqida xabar berilgan edi.
• 8 may — Moldova. Moldova havo hududi Ukraina tomonidan kirgan noma’lum dron sabab qisman yopilgani haqida xabarlar berilgan.
• 7 may — Ruminiya. Ukraina tomondan dron havo hududiga kirgani sabab Ruminiya ikkita qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan.
• 5 may — Finlyandiya. Finlyandiya chegara xizmati Ukrainadan uchiirilgan dronlar havo hududini buzgan aytgan.
• 3 may — Ruminiya. Ukraina bilan chegara yaqinidagi Suchava okrugida kichik uchuvchisiz apparatga o‘xshash qurilma topilgani xabar qilindi.
• 3 may — Estoniya. Estoniya Mudofaa kuchlari va mahalliy OAVlar Ukraina droni yana mamlakat havo hududini buzgani haqida xabar bergan.