https://oz.sputniknews.uz/20260520/osuvchi-iqtisodiyot-investorlar-uzbekistan-jalb-qilish-57719364.html
Ekspert: barqaror so‘m va o‘suvchi iqtisodiyot investorlarni O‘zbekistonga jalb qilmoqda
Ekspert: barqaror so‘m va o‘suvchi iqtisodiyot investorlarni O‘zbekistonga jalb qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Avesta Investment Group vakiliga ko‘ra, aholi o‘sishi, barqaror so‘m, 70 mlrd dollardan ortiq rezervlar va islohotlar O‘zbekiston bozoriga xorijiy investorlar qiziqishini oshirmoqda.
2026-05-20T17:18+0500
2026-05-20T17:18+0500
2026-05-20T17:18+0500
investitsiya
iqtisod
oltin-valyuta zaxiralari
forum
yaim
so‘m
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57718976_0:36:1456:855_1920x0_80_0_0_a56ab5b609968f9de2338ea58c7b264e.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. "Avesta Investment Group"ning investitsion banking bo‘yicha direktori Dimitriy Abbasovning aytishicha, O‘zbekiston bozoriga erta kirgan investorlar ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin. U bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro PLAS-Forum doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori hali ham rivojlanish bosqichida. Shu sababli bozorga erta kirgan investorlar odatda eng katta o‘sish imkoniyatlarini qo‘lga kiritadi.Abbasov O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham yuqori baholadi. Uning aytishicha, mamlakat YaIM yiliga taxminan 7 foizga o‘smoqda, birinchi chorakda o‘sish 8 foizdan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. YaIM hajmi esa 150 milliard dollarga yaqinlashmoqda.Aholi jon boshiga YaIM ham o‘smoqda. 2020-yilda bu ko‘rsatkich taxminan 2 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 3,8 ming dollarga yetgan.Ekspert demografik omilga ham e’tibor qaratdi. Uning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekiston aholisi 50 million nafarga yetishi mumkin.Abbasovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 70 milliard dollardan ortiq xalqaro rezervlarga ega. Bu makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi muhim bufer hisoblanadi.U so‘m kursi barqarorligiga ham to‘xtaldi. Ekspertning aytishicha, so‘nggi ikki yilda milliy valyuta nisbatan barqaror saqlanmoqda, 2025-yilda esa so‘m 7 foizga mustahkamlangan.Abbasov O‘zbekistonni “frontier market”lar, ya’ni hali to‘liq ochilmagan, ammo yuqori o‘sish salohiyatiga ega bozorlar qatorida yuqori sur’at ko‘rsatayotgan mamlakatlardan biri deb atadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260519/xorijliklar-uzbekistan-iqtisodiyot-sohalar-57692278.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57718976_220:0:1452:924_1920x0_80_0_0_7c94455d1fe37589580135c79f978c25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
investitsiya, iqtisod, oltin-valyuta zaxiralari, forum, yaim, so‘m, o‘zbekiston
investitsiya, iqtisod, oltin-valyuta zaxiralari, forum, yaim, so‘m, o‘zbekiston
Ekspert: barqaror so‘m va o‘suvchi iqtisodiyot investorlarni O‘zbekistonga jalb qilmoqda
"Avesta Investment Group" vakiliga ko‘ra, aholi o‘sishi, barqaror kurs va islohotlar O‘zbekiston bozoriga xorijiy investorlar qiziqishini oshirmoqda.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. "Avesta Investment Group"ning investitsion banking bo‘yicha direktori Dimitriy Abbasovning aytishicha, O‘zbekiston bozoriga erta kirgan investorlar ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin. U bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro PLAS-Forum doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Haftasiga bir necha marta ofisimizga qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi — investorlar O‘zbekiston bozoriga qanday kirish mumkinligini so‘rashadi”, — dedi Abbasov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori hali ham rivojlanish bosqichida. Shu sababli bozorga erta kirgan investorlar odatda eng katta o‘sish imkoniyatlarini qo‘lga kiritadi.
Abbasov O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham yuqori baholadi. Uning aytishicha, mamlakat YaIM yiliga taxminan 7 foizga o‘smoqda, birinchi chorakda o‘sish 8 foizdan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. YaIM hajmi esa 150 milliard dollarga yaqinlashmoqda.
Aholi jon boshiga YaIM ham o‘smoqda. 2020-yilda bu ko‘rsatkich taxminan 2 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 3,8 ming dollarga yetgan.
Ekspert demografik omilga ham e’tibor qaratdi. Uning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekiston aholisi 50 million nafarga yetishi mumkin.
Bu iste’mol bozorining kengayishi, moliyaviy xizmatlar va kapital bozorlariga uzoq muddatli talab oshishini anglatadi.
Abbasovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 70 milliard dollardan ortiq xalqaro rezervlarga ega. Bu makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi muhim bufer hisoblanadi.
U so‘m kursi barqarorligiga ham to‘xtaldi. Ekspertning aytishicha, so‘nggi ikki yilda milliy valyuta nisbatan barqaror saqlanmoqda, 2025-yilda esa so‘m 7 foizga mustahkamlangan.
“Bu xorijiy investorlarga dollar hisobida ham yaxshi daromad olish imkonini bermoqda. Shu sababli chet el investorlari qiziqishi ortib bormoqda”, — dedi u.
Abbasov O‘zbekistonni “frontier market”lar, ya’ni hali to‘liq ochilmagan, ammo yuqori o‘sish salohiyatiga ega bozorlar qatorida yuqori sur’at ko‘rsatayotgan mamlakatlardan biri deb atadi.