https://oz.sputniknews.uz/20260520/garb-russia-central-asia-siqib-chiqarish-urinish-57705212.html
G‘arb Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqarishga urinmoqda — Galuzin
G‘arb Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqarishga urinmoqda — Galuzin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Galuzin G‘arb Markaziy Osiyoda Rossiyani siqib chiqarishga urinayotganini aytdi. U transport yo‘laklari, resurslar va xavfsizlik sohalaridagi raqobatga e’tibor qaratdi.
2026-05-20T11:14+0500
2026-05-20T11:14+0500
2026-05-20T11:27+0500
markaziy osiyo
rossiya tiv
dunyoda
g‘arb
dunyo yangiliklari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/10/34980371_0:178:2854:1783_1920x0_80_0_0_0f5b134b4e6678010bcec5bcf6620a24.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqarish va mintaqa davlatlarini Moskva bilan hamkorlikdan uzoqlashtirishga urinmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin “Izvestiya”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda transport yo‘laklari, tabiiy resurslar, muhim minerallar va nodir yer metallari sohalariga qiziqishini kuchaytirmoqda.Intervyuda diplomat G‘arb boshqaruvidagi infratuzilmani Rossiya chegaralariga yaqin hududda shakllantirishga urinishlar borligini aytgan.Rossiya TIV vakili, shuningdek, ayrim G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga “iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish” va “tashqi xatarlardan himoyalanish” kabi tashabbuslarni taklif qilayotganini qayd etdi.Galuzin Markaziy Osiyo davlatlari “begona o‘yinlarda "piyoda" bo‘lishni istamasligini” ta’kidladi. U Rossiya mintaqa mamlakatlari bilan xavfsizlik, iqtisodiyot va integratsiya sohalaridagi hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.Shu kontekstda diplomat Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi havo mudofaasi bo‘yicha kelishuvga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mexanizm Rossiya va Qirg‘iziston xavfsizligiga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260330/russia-uzbekistan-munosabatlar-eurasia-xavfsizlik-56590626.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/10/34980371_121:0:2734:1960_1920x0_80_0_0_a49aec16e37537146c4396e6533980cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo, rossiya tiv, dunyoda, g‘arb, dunyo yangiliklari, rossiya
markaziy osiyo, rossiya tiv, dunyoda, g‘arb, dunyo yangiliklari, rossiya
G‘arb Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqarishga urinmoqda — Galuzin
11:14 20.05.2026 (yangilandi: 11:27 20.05.2026) Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzinning fikricha, G‘arb davlatlari Markaziy Osiyoda o‘z faolligini kuchaytirib, mintaqani Rossiya bilan hamkorlikdan uzoqlashtirishga harakat qilmoqda.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqarish va mintaqa davlatlarini Moskva bilan hamkorlikdan uzoqlashtirishga urinmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin “Izvestiya”ga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda transport yo‘laklari, tabiiy resurslar, muhim minerallar va nodir yer metallari sohalariga qiziqishini kuchaytirmoqda.
Galuzinning fikricha, bu jarayon faqat iqtisodiy raqobat bilan cheklanmaydi. Moskva bunday faollikni Rossiyaning mintaqadagi an’anaviy aloqalariga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan harakat sifatida baholamoqda.
Intervyuda diplomat G‘arb boshqaruvidagi infratuzilmani Rossiya chegaralariga yaqin hududda shakllantirishga urinishlar borligini aytgan.
Rossiya TIV vakili, shuningdek, ayrim G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga “iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish” va “tashqi xatarlardan himoyalanish” kabi tashabbuslarni taklif qilayotganini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva bu jarayonlarni mintaqadagi mavjud hamkorlik mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omil sifatida ko‘rmoqda.
Galuzin Markaziy Osiyo davlatlari “begona o‘yinlarda "piyoda" bo‘lishni istamasligini” ta’kidladi. U Rossiya mintaqa mamlakatlari bilan xavfsizlik, iqtisodiyot va integratsiya sohalaridagi hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.
Shu kontekstda diplomat Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi havo mudofaasi bo‘yicha kelishuvga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mexanizm Rossiya va Qirg‘iziston xavfsizligiga xizmat qiladi.