O‘zbekistonda Rossiya butlovchi qismlaridan yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarish boshlanadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya konsepta novogo plaskartnogo vagona
Prezentatsiya konsepta novogo plaskartnogo vagona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent vagonsozlik va ta’mirlash zavodida Rossiyadan keltiriladigan butlovchi qismlar asosida uzoq masofaga qatnaydigan yo‘lovchi vagonlarini yig‘ish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkent vagonsozlik va ta’mirlash zavodida Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi bilan hamkorlikda uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlar uchun yo‘lovchi vagonlarini yig‘ish tez orada boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi vakili RIA Novostiga ma’lum qildi.
Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiya tomoni ayrim turdagi vagonlarni ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik shartlarni tayyorlamoqda.
“Hozirda Rossiya tomoni bir nechta hujjatlarni — ayrim turdagi vagonlarni ishlab chiqarish va modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqmoqda. Hozir bizda ikki qavatli va bir qavatli yo‘lovchi vagonlari o‘zlashtirilmoqda”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning aniqlik kiritishicha, loyiha “Toshkent vagonsozlik va ta’mirlash zavodi” AJ hamda Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Hamkorlik O‘zbekiston korxonasi aktivlarini ishonchli boshqarish mexanizmi orqali yo‘lga qo‘yilgan.
“Tez orada Rossiyadan keltiriladigan to‘plamlardan uzoq masofali poyezdlar uchun vagonlarni yig‘ish boshlanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Transport vazirligi vakili.
2025 yil aprel oyida O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent vagonsozlik va ta’mirlash zavodi hamda TMX Toshkentda temir yo‘l va metropoliten uchun harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirayotganini ma’lum qilgan edi.

Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi 2001-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibida tashkil etilgan. 2025-yil aprel oyida zavodning 90 foiz aksiyalari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan "Transport Engineering Center" MChJga ishonchli boshqaruvga berildi.

Kompaniya ta’sischilari "VTR Holdings Limited" — 87 foiz va Rossiyaning “Vektor texnologicheskix resheniy” kompaniyasi — 13 foiz ulushga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Toshkentda Xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Toshkentdagi transport va logistika ko‘rgazmasida Rossiya qanday mahsulotlarni taqdim etdi?
Yangiliklar lentasi
0