"Payme", "Click", "Uzum" va "Yandex" kabi platformalar qanday tartibga solinadi

© SputnikPredstavlena informatsiya o regulirovanii krupnix sifrovix platform v Uzbekistane
Predstavlena informatsiya o regulirovanii krupnix sifrovix platform v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Obuna bo‘lish
Raqobat qo‘mitasi vakili Javlonbek Isroilov Plus-forumda O‘zbekistonda raqamli platformalarni tartibga solish mezonlari, taqiqlar va sun’iy intellektdan foydalanish haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekistonda "Payme", "Click", "Uzum Market", "Uzum Tezkor", "Yandex Go", "Yandex Eats", "Express 24" va OLX raqamli platformalari ustun mavqega ega deb tan olindi.
Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining sun’iy intellektni joriy etish va raqamli platformalarni tartibga solish bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Isroilov Toshkentda o‘tayotgan Plus-forumda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Isroilov 2025-yil uchun raqamli bozorga oid statistik ma’lumotlarni ham keltirdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 38 millionga yaqin aholining 33 millioni internet foydalanuvchilari hisoblanadi.

“Bu juda yuqori ko‘rsatkich. Avvalo, "Android" bozoriga nazar tashlasak, O‘zbekistonda 85,5 foizni tashkil etadi. Shu jumladan, "Google" qidiruv tizimidan 77 foiz odamlar foydalanadi”, — dedi u.

Qo‘mita vakili O‘zbekistonda raqamli platformalarni tartibga solish mexanizmlariga ham to‘xtaldi. Uning qayd etishicha, 2023-yilda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Keyinroq ushbu yo‘nalishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 21 turdagi raqamli platformalarni tartibga solish belgilangan.
Ushbu tartib sun’iy intellekt yordamida faoliyat yurituvchi platformalarni ham qamrab oladi.
“Yana bir muhim jihat shundaki, ushbu qaror bilan monopoliyaga qarshi organni ikki oy ichida oldindan xabardor qilish vositasi joriy etildi. Ya’ni, qarorda raqamli platformaning ustun mavqeyini tan olish mezonlari mavjud. Ushbu mezonlarga javob beradigan kompaniyalar monopoliyaga qarshi organni ixtiyoriy ravishda xabardor qilishlari mumkin”, — dedi Isroilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raqamli platformalar faoliyati bo‘yicha 22 ta taqiq ham belgilangan. Bu talablar nafaqat ustun mavqega ega kompaniyalar, balki raqamli bozorning boshqa ishtirokchilari uchun ham ahamiyatli.
“Ko‘pchilik asosan ular raqamli ustun mavqega ega kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi deb o‘ylaydi, ammo ish jarayonida biz nafaqat ustun mavqega ega kompaniyalar, balki boshqa kompaniyalar ham kelib, biz bilan komplayens tuzayotganini ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Isroilov qo‘mita faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanishga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, davlat xaridlari sohasida manipulyatsiyalarning oldini olish uchun tanlov jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha chat-bot ishga tushirilgan.
“Ularning barchasi uchun bugungi kunda monopoliyaga qarshi komplayens muvaffaqiyatli joriy etilgan”, — dedi u.
V Tashkente proxodit mejdunarodnaya vistavka i konferensiya E-commerce Central Asia Expo 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
Toshkentdagi konferensiyada O‘zbekiston elektron savdosi bo‘yicha raqamlar ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0