Silikon vodiysi investori O‘zbekistonning startap salohiyatini baholadi

© SputnikVistuplenie na Plus-forume osnovatelya R136 Ventures, investora Kremniyevoy dolini Viktora Orlovskogo
Vistuplenie na Plus-forume osnovatelya R136 Ventures, investora Kremniyevoy dolini Viktora Orlovskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Obuna bo‘lish
R136 Ventures asoschisi Viktor Orlovskiyga ko‘ra, O‘zbekistonda innovatsiyalarni startaplar orqali rivojlantirish uchun katta salohiyat bor, ammo venchur infratuzilmani kuchaytirish zarur.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekistonda startaplar orqali innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishida o‘sish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bu haqda R136 Ventures asoschisi va boshqaruvchi hamkori, Silikon vodiysi investori Viktor Orlovskiy Toshkentda o‘tayotgan Plus-forumdagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Global innovatsiyalar indeksida 79-o‘rinni egallagan. Mamlakat mehnat unumdorligi o‘sishi bo‘yicha 6-o‘rinda, STEM yo‘nalishlari — fizika, matematika va muhandislik kabi tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha bitiruvchilar soni bo‘yicha esa 13-o‘rinda turibdi.
Shu bilan birga, kompaniyalarda yuqori texnologiyalarni joriy etish darajasi bo‘yicha O‘zbekiston hozircha 92-o‘rinda.
“Uchta asosiy drayver — bu talantlar oqimi, tadbirkorlik faolligi va ta’lim”, — dedi Orlovskiy.
Investor O‘zbekistonning demografik salohiyatiga ham e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, dunyoda tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lib qolayotgan mamlakatlar ko‘p emas va O‘zbekiston shunday davlatlar qatoriga kiradi.
“YaIM o‘sishi bo‘yicha bugun dunyoning eng tez rivojlanayotgan o‘nta iqtisodiyoti qatorida O‘zbekiston bor. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 10-yildan kamroq vaqt ichida 10 barobar o‘sdi. Va, albatta, siyosiy iroda ham bor”, — dedi u.
Uning fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyoti tez o‘smoqda, raqamli strategiya esa izchil rivojlanmoqda.
Orlovskiy O‘zbekistonda innovatsion muhitni rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhimligini ta’kidladi:
• iste’dodlar uchun global muhit;
• venchur biznes va investorlar infratuzilmasi;
• startaplarni xalqaro bozorga olib chiqish;
• eng yaxshi kompaniyalar O‘zbekistonda paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratish.
Uning aytishicha, O‘zbekistonda venchur biznes hozircha deyarli shakllanmagan.
Iskusstvenniy intellekt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2026
“Eng yaxshi startap, innovatsion g‘oya”: O‘zbekistonda yangi tanlovlar o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0