YeOTB O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 2 mlrd dollar yo‘naltirmoqchi
YeOTB O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 2 mlrd dollar yo‘naltirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo taraqqiyot banki 2031-yilgacha O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 2 milliard dollar sarmoya yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Mablag‘lar transport, logistika, energetika va sanoat sohalariga qaratiladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 2031-yilgacha O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 2 milliard dollar sarmoya yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov Toshkentda bank vakolatxonasining ochilish marosimida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, bank O‘zbekistonda davlat kafolatisiz moliyalashtirish hajmini yiliga kamida 500 million dollarga yetkazishni maqsad qilgan.Marosim davomida taqdim etilgan bank slaydlarida ham 2031-yilgacha O‘zbekistonda 2 milliard dollarlik investitsiyalar rejalashtirilgani ko‘rsatildi.Podguzovning ta’kidlashicha, YeOTB investitsiyalari birinchi navbatda transport, transport aloqasi va infratuzilma, logistika, energetika, suv-energetika hamda sanoat sohalariga yo‘naltiriladi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki 2031-yilgacha O‘zbekistonda transport, energetika, logistika, infratuzilma va sanoat sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 2031-yilgacha O‘zbekistondagi loyihalarga kamida 2 milliard dollar sarmoya yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov Toshkentda bank vakolatxonasining ochilish marosimida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bank O‘zbekistonda davlat kafolatisiz moliyalashtirish hajmini yiliga kamida 500 million dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
“Suveren bo‘lmagan moliyalashtirish hajmi bo‘yicha maqsadimiz yiliga kamida 500 million dollarni tashkil etadi. Shunday qilib, keyingi strategik davrda biz respublika iqtisodiyotiga kamida ikki milliard dollar sarmoya kiritamiz”, — dedi Podguzov.
Marosim davomida taqdim etilgan bank slaydlarida ham 2031-yilgacha O‘zbekistonda 2 milliard dollarlik investitsiyalar rejalashtirilgani ko‘rsatildi.
Podguzovning ta’kidlashicha, YeOTB investitsiyalari birinchi navbatda transport, transport aloqasi va infratuzilma, logistika, energetika, suv-energetika hamda sanoat sohalariga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston 2020-yildan buyon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da kuzatuvchi hisoblanadi. Joriy yilning aprel oyida respublika barcha zarur tartib-taomillarni yakunlab, YeOTBni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
YeOTB 2006-yilda tashkil etilgan xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi. Bank ishtirokchilari qatoriga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.