https://oz.sputniknews.uz/20260519/central-asia-soxta-sahifalar-urinishlar-57691547.html
Markaziy Osiyoda internetda soxta sahifalarga olib kirish urinishlari kuniga 6 mlnga yetmoqda
Markaziy Osiyoda internetda soxta sahifalarga olib kirish urinishlari kuniga 6 mlnga yetmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Kaspersky vakili Aset Ordabayev telefon firibgarlari bilan suhbatni tez to‘xtatish kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 29 daqiqalik muloqotdan keyin odamning pul berish ehtimoli keskin oshadi.
2026-05-19T15:39+0500
2026-05-19T15:39+0500
2026-05-19T15:39+0500
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
forum
o‘zbekiston
firibgarlik
kiberhujum
kiberxavfsizlik
jamiyat
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57689258_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_f96ce1ee2fd4f91ab69b53293db584ea.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda soxta sahifalarga olib kirish urinishlari kuniga 6 milliontaga, firibgarlik resurslariga olib kirishga urinishlar esa 820 mingtaga yetadi. Bu haqda xalqaro Plus-forum doirasida "Kaspersky Lab"ning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistondagi davlat organlari bilan ishlash bo‘yicha rahbari Aset Ordabayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Ordabayev sshzlariga ko‘ra Markaziy Osiyo foydalanuvchilarining 72 foizi shubhali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan, 52 foizi esa telefon firibgarlariga duch kelgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, telefon firibgarlari bilan uzoq suhbatlashish ham jiddiy xavf tug‘diradi. Forumda kiberjinoyatchilikdan ko‘rilayotgan global zarar haqida ham ma’lumot berildi. “Bank” AJ boshqaruvi raisining biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, Yevroosiyo biznes assotsiatsiyasining Moliya bozorlari qo‘mitasi rahbari Olga Yariginaning aytishicha, 2024-yilda kiberjinoyatchilikdan ko‘rilgan yillik global zarar 10,5 trillion dollarni tashkil etgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2031-yilga kelib tovlamachilik dasturlari yetkazadigan global zarar har yili 275 milliard dollardan oshishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/suniy-intellekt-dipfeyk-uzbekistan-kiberstrategiya-56356012.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57689258_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_638fe948d2ffcd4e9b7f2b9ad25220e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, forum, o‘zbekiston, firibgarlik, kiberhujum, kiberxavfsizlik, jamiyat, markaziy osiyo
raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, forum, o‘zbekiston, firibgarlik, kiberhujum, kiberxavfsizlik, jamiyat, markaziy osiyo
Markaziy Osiyoda internetda soxta sahifalarga olib kirish urinishlari kuniga 6 mlnga yetmoqda
"Kaspersky" ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda foydalanuvchilarni soxta sahifalarga yo‘naltirishga kuniga 6 milliongacha urinish qayd etilmoqda.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda soxta sahifalarga olib kirish urinishlari kuniga 6 milliontaga, firibgarlik resurslariga olib kirishga urinishlar esa 820 mingtaga yetadi.
Bu haqda xalqaro Plus-forum doirasida "Kaspersky Lab"ning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistondagi davlat organlari bilan ishlash bo‘yicha rahbari Aset Ordabayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ordabayev sshzlariga ko‘ra Markaziy Osiyo foydalanuvchilarining 72 foizi shubhali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan, 52 foizi esa telefon firibgarlariga duch kelgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, telefon firibgarlari bilan uzoq suhbatlashish ham jiddiy xavf tug‘diradi.
“Agar siz firibgar bilan taxminan 29 daqiqa suhbatlashsangiz, unga pul berishingiz ehtimoli 98 foizni tashkil etadi. Shuning uchun biz beradigan birinchi maslahat — go‘shakni qo‘ying”, — dedi u.
Forumda kiberjinoyatchilikdan ko‘rilayotgan global zarar haqida ham ma’lumot berildi. “Bank” AJ boshqaruvi raisining biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, Yevroosiyo biznes assotsiatsiyasining Moliya bozorlari qo‘mitasi rahbari Olga Yariginaning aytishicha, 2024-yilda kiberjinoyatchilikdan ko‘rilgan yillik global zarar 10,5 trillion dollarni tashkil etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2031-yilga kelib tovlamachilik dasturlari yetkazadigan global zarar har yili 275 milliard dollardan oshishi mumkin.
“Sun’iy intellekt, bir tomondan, kiberhujumlardan himoya qilishga xizmat qiladi, boshqa tomondan esa kiberhujumlarni amalga oshirishda ham qo‘llanilishi mumkin. Ha, kvant tahdidi — bu allaqachon haqiqat. Bu haqiqatan ham bizni yaqin kelajakda kutayotgan narsa, bunga tayyorgarlik ko‘rish kerak”, — dedi Yarigina.