https://oz.sputniknews.uz/20260519/2030-yil-ish-orinlar-57686309.html
Ekspert: 2030-yildagi ish o‘rinlarining 70 foizi hali mavjud emas
Ekspert: 2030-yildagi ish o‘rinlarining 70 foizi hali mavjud emas
Sputnik O‘zbekiston
Futurolog Tarik Kureysh 2030-yildagi ish o‘rinlarining 70 foizi bugun hali mavjud emasligini aytdi. Uning fikricha, AIdan foydalanadigan insonlar mehnat bozorida ustunlikka ega bo‘ladi.
2026-05-19T14:02+0500
2026-05-19T14:02+0500
2026-05-19T14:02+0500
raqamli texnologiyalar
forum
sun’iy intellekt
robot
o‘zbekiston
toshkent
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57686140_0:117:1228:808_1920x0_80_0_0_57e3aaa1c4a58d414b917877417397ad.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. 2030-yilda mavjud bo‘ladigan ish o‘rinlarining 70 foizi bugun hali mavjud emas. Bu haqda “Kelajakka tayyorgarlik” instituti vakili doktor Tarik Kureysh Toshkentda o‘tayotgan Plus-forumdagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt insonlarni to‘liq almashtirmaydi, ammo mehnat bozorida raqobat qoidalarini o‘zgartiradi.Ekspertning ta’kidlashicha, yaqin yillarda odamlarning katta qismi bugungidan boshqa kasb va vazifalar bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning fikricha, ish jarayonlarining katta qismi sun’iy intellekt bilan bog‘lanadi.Kureysh moliyaviy sektorda ham katta o‘zgarishlar kechayotganini qayd etdi.Futurolog o‘z chiqishida bir nechta “aqlbovar qilmas” prognozlarni ham keltirdi. Uning fikricha:• keyingi 10-yilda birinchi sun’iy intellekt prezidenti saylanishi mumkin;• texnologiya gigantlari davlatlarni sotib olishga qiziqishi mumkin;• 2035-yilga kelib dunyoda odamsimon robotlar soni 10 milliardga yetishi mumkin;• robotlar soni odamlar sonidan oshib ketishi ehtimoli bor.U huquq sohasidagi o‘zgarishlarni ham misol keltirdi. Ekspertga ko‘ra, dunyodagi yuridik kompaniyalarning 50–60 foizi Harvey AI tizimidan huquqiy ishlar uchun foydalanmoqda. Bu esa AQShda huquqshunos bitiruvchilarni ishga olish 30 foizga qisqarishiga olib kelgan.Kureysh robototexnika, tadqiqotlar va boshqa sohalar bir-birini tezlashtirib, ulkan innovatsiyalar to‘lqinini yuzaga keltirayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260429/kazakhstan-suniy-intellekt-ish-orin-tasir-57212125.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/13/57686140_0:2:1228:923_1920x0_80_0_0_c3549305baecfa6afced5f38402b11bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamli texnologiyalar, forum, sun’iy intellekt, robot, o‘zbekiston, toshkent, jamiyat
raqamli texnologiyalar, forum, sun’iy intellekt, robot, o‘zbekiston, toshkent, jamiyat
Ekspert: 2030-yildagi ish o‘rinlarining 70 foizi hali mavjud emas
Futurolog Tarik Kureyshga ko‘ra, sun’iy intellekt insonlarni emas, undan foydalanmaydiganlarni almashtiradi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. 2030-yilda mavjud bo‘ladigan ish o‘rinlarining 70 foizi bugun hali mavjud emas. Bu haqda “Kelajakka tayyorgarlik” instituti vakili doktor Tarik Kureysh Toshkentda o‘tayotgan Plus-forumdagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt insonlarni to‘liq almashtirmaydi, ammo mehnat bozorida raqobat qoidalarini o‘zgartiradi.
“Sun’iy intellekt insonlarni almashtirmaydi. Lekin sun’iy intellektdan foydalanadigan insonlar sun’iy intellektdan foydalanmaydigan insonlarni almashtiradi”, — dedi Kureysh.
Ekspertning ta’kidlashicha, yaqin yillarda odamlarning katta qismi bugungidan boshqa kasb va vazifalar bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning fikricha, ish jarayonlarining katta qismi sun’iy intellekt bilan bog‘lanadi.
“Ishning 50 foizi sun’iy intellektga o‘tadi. Shu bilan birga, direktorlar kengashidagi odamlarning faqat 20 foizi bugungi kelajakni texnologik va strategik jihatdan boshqarishga yetarlicha tayyor”, — dedi u.
Kureysh moliyaviy sektorda ham katta o‘zgarishlar kechayotganini qayd etdi.
“Bugun moliyaviy kompaniyalar raqamli kompaniyalarga aylanyapti. Men esa teskarisini aytaman: biz moliya bilan shug‘ullanadigan SI va digital kompaniyalarga aylanishimiz kerak”, — dedi u.
Futurolog o‘z chiqishida bir nechta “aqlbovar qilmas” prognozlarni ham keltirdi. Uning fikricha:
• keyingi 10-yilda birinchi sun’iy intellekt prezidenti saylanishi mumkin;
• texnologiya gigantlari davlatlarni sotib olishga qiziqishi mumkin;
• 2035-yilga kelib dunyoda odamsimon robotlar soni 10 milliardga yetishi mumkin;
• robotlar soni odamlar sonidan oshib ketishi ehtimoli bor.
“Hozir dunyo aholisi 8 milliard. Demak, robotlar soni odamlar sonidan ko‘p bo‘ladi”, — dedi Kureysh.
U huquq sohasidagi o‘zgarishlarni ham misol keltirdi. Ekspertga ko‘ra, dunyodagi yuridik kompaniyalarning 50–60 foizi Harvey AI tizimidan huquqiy ishlar uchun foydalanmoqda. Bu esa AQShda huquqshunos bitiruvchilarni ishga olish 30 foizga qisqarishiga olib kelgan.
Kureysh robototexnika, tadqiqotlar va boshqa sohalar bir-birini tezlashtirib, ulkan innovatsiyalar to‘lqinini yuzaga keltirayotganini ta’kidladi.