https://oz.sputniknews.uz/20260518/usa-oltin-gumbaz-qurish-57651497.html
Koinotda 7800 ta sun’iy yo‘ldosh: AQSh “Oltin gumbaz” qurmoqchi
Koinotda 7800 ta sun’iy yo‘ldosh: AQSh “Oltin gumbaz” qurmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning “Oltin gumbaz” mudofaa tizimi 1,2 trln dollarga tushishi mumkin. Uni ishlatish uchun koinotga 7800 ta sun’iy yo‘ldosh joylashtirish talab etiladi, ammo tizim Rossiya va Xitoyning ommaviy zarbasini to‘liq qaytara olmasligi aytildi
2026-05-18T09:58+0500
2026-05-18T09:58+0500
2026-05-18T10:04+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
donald tramp
qurol-yarog‘
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0d/14524924_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_26fd08ad30423d55d425b80894f808b9.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. AQShning “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi 20-yil ichida qariyb 1,2 trln dollarga tushishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti AQSh Kongressi hujjatlari tahliliga tayanib xabar berdi.AQSh Kongressining Budjet boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur milliy raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqish, joylashtirish va 20-yil davomida ishlatish qiymati taxminan 1,2 trln dollarni tashkil etishi mumkin.Bu guruh raketalarni uchirilganidan keyingi dastlabki daqiqalarda, ya’ni parvozning boshlang‘ich bosqichida urib tushirish uchun mo‘ljallangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir yo‘ldosh taxminan besh yil xizmat qiladi, shuning uchun tizimni doimiy ish holatida saqlash uchun har yili 1600 taga yaqin yangi apparat orbitaga chiqarilishi talab etiladi.Shu bilan birga, Kongressning fikricha, "Oltin gumbaz" yirik yadroviy davlatlarning ommaviy raketa hujumini, jumladan, Rossiya yoki Xitoyning ehtimoliy zarbalarini to‘liq qaytara olmaydi.AQSh prezidenti Donald Tramp 2025-yil may oyida “Oltin gumbaz” arxitekturasi tanlanganini va tizimni o‘zining ikkinchi prezidentlik muddati yakunigacha ishga tushirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.Rossiyaning Jenevadagi BMT bo‘linmasi huzuridagi doimiy vakili Gennadiy Gatilov RIA Novostiga ushbu loyiha koinotda qurollanish poygasini kuchaytirishi va global strategik barqarorlikka putur yetkazishi mumkinligini aytdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260312/usa-iran-mojaro-yangiliklar-56233004.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0d/14524924_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_629b87fe128136ee8aa638ae08f0777f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, donald tramp, qurol-yarog‘, aqsh
dunyoda, dunyo yangiliklari, donald tramp, qurol-yarog‘, aqsh
Koinotda 7800 ta sun’iy yo‘ldosh: AQSh “Oltin gumbaz” qurmoqchi
09:58 18.05.2026 (yangilandi: 10:04 18.05.2026) AQShning 1,2 trln dollarlik “Oltin gumbaz” tizimi 7800 ta sun’iy yo‘ldoshni talab qiladi, ammo Rossiya va Xitoy zarbalarini to‘liq to‘sa olmasligi aytilmoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. AQShning “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi 20-yil ichida qariyb 1,2 trln dollarga tushishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti AQSh Kongressi hujjatlari tahliliga tayanib
xabar berdi.
AQSh Kongressining Budjet boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur milliy raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqish, joylashtirish va 20-yil davomida ishlatish qiymati taxminan 1,2 trln dollarni tashkil etishi mumkin.
RIA Novosti o‘rgangan ma’lumotlarga ko‘ra, tizimning ishlashi uchun AQSh koinotda 7800 ta raketalarni urib tushiradigan sun’iy yo‘ldoshlardan iborat guruh joylashtirishi kerak bo‘ladi. Ularni ishlab chiqish, orbitaga chiqarish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari 743 mlrd dollarga baholanmoqda.
Bu guruh raketalarni uchirilganidan keyingi dastlabki daqiqalarda, ya’ni parvozning boshlang‘ich bosqichida urib tushirish uchun mo‘ljallangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir yo‘ldosh taxminan besh yil xizmat qiladi, shuning uchun tizimni doimiy ish holatida saqlash uchun har yili 1600 taga yaqin yangi apparat orbitaga chiqarilishi talab etiladi.
Shu bilan birga, Kongressning fikricha, "Oltin gumbaz" yirik yadroviy davlatlarning ommaviy raketa hujumini, jumladan, Rossiya yoki Xitoyning ehtimoliy zarbalarini to‘liq qaytara olmaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2025-yil may oyida “Oltin gumbaz” arxitekturasi tanlanganini va tizimni o‘zining ikkinchi prezidentlik muddati yakunigacha ishga tushirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.
AP ma’lumotiga ko‘ra, loyiha AQShni ballistik, gipertovushli va boshqa havo-kosmik tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan.
Rossiyaning Jenevadagi BMT bo‘linmasi huzuridagi doimiy vakili Gennadiy Gatilov RIA Novostiga ushbu loyiha koinotda qurollanish poygasini kuchaytirishi va global strategik barqarorlikka putur yetkazishi mumkinligini aytdi.