https://oz.sputniknews.uz/20260518/peskov-ukraine-muzokaralar-bayonot-57664035.html
Peskov Ukraina bo‘yicha zarbalar va muzokaralar haqida bayonot berdi
Peskov Ukraina bo‘yicha zarbalar va muzokaralar haqida bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni hozircha to‘xtab qolgan. Moskva AQSh vositachiligi davom etishiga umid qilmoqda, biroq Kiyevdan muzokaralarga tayyorlik signallari olmaganini bildirmoqda.
2026-05-18T17:55+0500
2026-05-18T17:55+0500
2026-05-18T17:55+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
dmitriy peskov
sergey lavrov
kreml
rossiya
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49114521_0:78:3174:1863_1920x0_80_0_0_e0f80b1ee6cb844b597c59c788b8d9bd.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni hozircha to‘xtab qolganini, biroq uni qayta tiklashga umid qilayotganini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni qiyinlashishi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berar ekan, Moskva Vashingtonning vositachilik harakatlari davom etishiga umid qilayotganini aytdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh tomoni Ukraina bo‘yicha vositachilik va tinchlikparvarlik sa’y-harakatlarini davom ettirishiga umid qilmoqda.Peskov Rossiya Qurolli kuchlarining zarbalari haqida ham fikr bildirdi.Kreml vakili Ukraina tomonining Rossiya Belarus hududidan Ukraina yoki NATO davlatlariga hujum tayyorlayotgani haqidagi da’volarini ham rad etdi. Peskov bunday bayonotlarni “keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan qo‘zg‘atish” deb atadi.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Moskva Vashington bilan munosabatlarda “chiroyli bayonotlar”ga emas, amaldagi qadamlarga qarashini aytdi. U bu haqda Ekvatorial Gvineya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida gapirdi.Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Galuzin ham muzokaralar holatiga to‘xtalib, Moskva Kiyevdan tinchlik jarayonini olg‘a siljitishga tayyorlik signallarini olmayotganini bildirdi.Galuzinning ta’kidlashicha, hozircha asosiy ish gumanitar masalalar — harbiy asirlar almashinuvi, tinch aholini qaytarish va oilalarni birlashtirish bo‘yicha davom etmoqda
https://oz.sputniknews.uz/20260513/kreml-ukraine-ot-ochish-toxtatish-shartlar-57550475.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49114521_228:0:2959:2048_1920x0_80_0_0_563abcd7651bacd8380d69e6bfd185ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, dmitriy peskov, sergey lavrov, kreml, rossiya, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, dmitriy peskov, sergey lavrov, kreml, rossiya, ukraina
Peskov Ukraina bo‘yicha zarbalar va muzokaralar haqida bayonot berdi
Rossiya rasmiylari Ukraina bo‘yicha muzokaralar hozircha to‘xtab qolganini, Moskva AQShning vositachilik sa’y-harakatlari davom etishiga umid qilayotganini bildirdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni hozircha to‘xtab qolganini, biroq uni qayta tiklashga umid qilayotganini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga
ma’lum qildi.
Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni qiyinlashishi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berar ekan, Moskva Vashingtonning vositachilik harakatlari davom etishiga umid qilayotganini aytdi.
“Hozirgi vaqtda tinchlik jarayoni to‘xtab qolgan. U baribir tiklanadi, deb umid qilamiz”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh tomoni Ukraina bo‘yicha vositachilik va tinchlikparvarlik sa’y-harakatlarini davom ettirishiga umid qilmoqda.
Peskov Rossiya Qurolli kuchlarining zarbalari haqida ham fikr bildirdi.
“Qurolli kuchlarimiz zarbalari faqat harbiy yoki harbiy maqsadlarga yaqin obyektlarga qaratilgan”, — dedi u.
Kreml vakili Ukraina tomonining Rossiya Belarus hududidan Ukraina yoki NATO davlatlariga hujum tayyorlayotgani haqidagi da’volarini ham rad etdi. Peskov bunday bayonotlarni “keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan qo‘zg‘atish” deb atadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Moskva Vashington bilan munosabatlarda “chiroyli bayonotlar”ga emas, amaldagi qadamlarga qarashini aytdi. U bu haqda Ekvatorial Gvineya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida gapirdi.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha AQSh tomonidan ilgari surilayotgan rejalarning amalga oshishiga Yevropadagi radikal kuchlar va Kiyev rejimi to‘sqinlik qilishi mumkin.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Galuzin ham muzokaralar holatiga to‘xtalib, Moskva Kiyevdan tinchlik jarayonini olg‘a siljitishga tayyorlik signallarini olmayotganini bildirdi.
Galuzinning ta’kidlashicha, hozircha asosiy ish gumanitar masalalar — harbiy asirlar almashinuvi, tinch aholini qaytarish va oilalarni birlashtirish bo‘yicha davom etmoqda