Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoda migratsiya oqimlariga ta’sir qilmoqda — XMT

© Sputnik / V Tashkente startoval mejdunarodniy migratsionniy forum (TIMF)
V Tashkente startoval mejdunarodniy migratsionniy forum (TIMF) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro migratsiya forumida iqlim o‘zgarishi, munosib mehnat izlayotgan aholi va xavfsiz migratsiya yo‘llarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Osiyo iqlim bilan bog‘liq xavf-xatarlarga eng ko‘p duch kelayotgan hududlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Toshkentda o‘tayotgan xalqaro migratsiya forumida Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Artur Erken ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri
Erkenning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonlar allaqachon Markaziy Osiyoda migratsiya oqimlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Uning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi, mehnat bozoridagi o‘zgarishlar va munosib ish o‘rinlariga ehtiyoj migratsiya jarayonlarini yanada murakkablashtirmoqda. Shu sababli davlatlar bu masalada yakka holda emas, hamkorlikda harakat qilishi zarur.
“Hech bir davlat migratsiya muammolarini yakka holda hal qila olmaydi. O‘zaro bog‘liq dunyoda hamkorlik, hamjihatlik va dalillarga asoslangan siyosatlar juda muhim”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo bo‘ylab millionlab insonlar munosib mehnat va yangi imkoniyatlar izlamoqda. Agar migratsiya xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali boshqarilsa, u nafaqat migrantlarni, balki ularning oilalari va mahalliy jamoalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Mintaqaviy direktor pul o‘tkazmalarining ahamiyatiga ham e’tibor qaratdi. Uning qayd etishicha, qonuniy va tartibli mehnat migratsiyasi oilalar daromadi, mahalliy iqtisodiyot va ijtimoiy barqarorlik uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Forumda xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, Yevropa va Osiyo davlatlaridan ish beruvchilar hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.
Bolee 1 mln uzbekistansev na danniy moment rabotayut za rubejom, soobshil direktor Agentstva migratsii pri Kabmine RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Toshkentda Yevropa va Osiyo ish beruvchilari ishtirokida migratsiya forumi boshlandi
Yangiliklar lentasi
0