Markaziy Osiyo ichki savdosi 5-yilda ikki barobar oshdi — hisobot

© Foto : Press-slujba YeABRZdanie YeABR
Zdanie YeABR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Obuna bo‘lish
YeOTB ma’lumotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro savdosi 2025-yilda 12,3 milliard dollarga yetdi. Qozog‘iston mintaqadagi eng yirik yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilda 12,3 mlrd dollarga yetdi. Bu 2020-yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘p. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga ko‘ra, mintaqa ichidagi savdoda Qozog‘iston eng yirik ishtirokchi bo‘lib qolmoqda. Uning Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berish hajmi 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu umumiy mintaqaviy eksportning yarmidan ko‘prog‘iga teng.
Qozog‘iston uchun asosiy savdo bozori O‘zbekiston hisoblanadi. Shu bilan birga, yetkazib berishning eng tez o‘sishi Qirg‘iziston yo‘nalishida qayd etilgan — qariyb 3 baravar, 1,7 mlrd dollargacha.
Qozog‘istonning mintaqaga asosiy eksport tovarlari don mahsulotlari, qora metallar, neft va neft mahsulotlari, kungaboqar yog‘i hamda ichimliklardan iborat.
O‘zbekiston mintaqa ichidagi yetkazib berish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Mamlakat ulushi 26 foizni yoki 3,2 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston eksportida transport vositalari va ularning qismlari, sabzavot va mevalar, plastmassa buyumlar, o‘g‘itlar va kiyim-kechak asosiy o‘rin tutadi.
YeOII a’zolari bo‘lgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston birgalikda Markaziy Osiyo ichki savdosining katta qismini ta’minlamoqda. Qirg‘izistonning mintaqaga eksporti 0,9 milliard dollarga yetdi, O‘zbekistonga yetkazib berish esa 2,7 barobar oshdi.
Hisobotda Turkmanistonning ham mintaqa ichidagi savdoda faollashgani qayd etilgan. Mamlakat yetkazib berish hajmini 2,8 barobar oshirib, 1,3 milliad dollarga yetkazgan. Turkmaniston mahsulotlarining qariyb 80 foizi O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirilgan.
Vneshnetorgoviy_oborot_Uzbekistana_so_stranami_YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston tashqi savdosining 28,2 foizi YeOII davlatlariga to‘g‘ri keldi — infografika
Yangiliklar lentasi
0