Ukraina Zaporojye atom elektr stansiyasiga hujum qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli Kuchlari droni ZAES energiya bloklari yaqinida quladi. Hech kim jarohat olmadi va radiatsiya tarqalmadi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Ukraina droni Zaporojye Atom elektr stansiyasi energiya bloklari yaqinida quladi, deb xabar berdi stansiya matbuot xizmati.
"Ukraina Qurolli Kuchlari Zaporojye atom elektr stansiyasi (Rosatom) hududiga hujum qildi. Uchuvchisiz apparati stansiya energiya bloklari yaqinida quladi, lekin dron portlamadi", - deyiladi xabarda.
Zarba oqibatida hech kim jarohat olmadi va stansiya normal ishlamoqda. Radiatsiya darajasi normal chegaralarda.
ZAES Dnepr darosining chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, har biri bir gigavatt quvvatga ega oltita energiya blokiga ega.

2022 yil oktabr oyida u rossiyalik mutaxassislar nazorati ostiga o‘tdi. Energiya bloklarida ishlab chiqarish 2022-yil sentabr oyida to‘xtatildi va ular 2024-yil aprelidan beri sovuq o‘chirish rejimida.
Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye AESi infratuzilmasi va uning ishchilariga, Energodar shahriga har kuni ma’suliyatsiz hujumlar uyushtirmb kelmoqda. Moskva Zaporojye AESida halokat yuz bergan taqdirda u nafaqat Rossiya va Ukraina balkim butun g‘arbiy Yevropa hududiga tahdid solishi muqarrarligini ko‘p marotaba ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0