Olmaliqda oltin saralash fabrikasi ishga tushdi

© Informatsionnaya slujba AGMKAlmalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat.
Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Obuna bo‘lish
Yangi fabrikaning tantanali ochilish marosimi 15-may - Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Olmaliqda OKMK tomonidan barpo etilgan yuqori texnologik imkoniyatlarga ega "Kovuldi" oltin saralash fabrikasi foydalanishga topshirildi.
Yangi fabrika "Kovuldi" va "Quyi-Kenjasoy" konlaridan qazib olinadigan ma’danlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning yillik quvvati 200 ming tonnagacha ma’danni qayta ishlash imkonini beradi, deyiladi xabarda.
Zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxona mahalliy xomashodan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va milliy oltin zaxiralarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Fabrika qurilishi kombinatning "Olmaliqmetallurqurilish" tresti hamda bir qator tarkibiy bo‘linmalar ishtirokida amalga oshirildi. Obyektda ma’muriy bino, oshxona, yuvinish xonalari va qorovulxona barpo etilib, hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha 151 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Yangi fabrikaning tantanali ochilish marosimi 15-may - Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunida bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda kombinat rahbariyati, mehnat faxriylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Kasb bayrami munosabati bilan Olmaliqda 15-may kuni estrada yulduzlari ishtirokida katta konsert va mushakbozlik bo‘lb o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0