AQSh nega Ukrainadagi biolaboratoriyalarni tekshirishni boshlamoqda – Djabarov fikri

© AFP 2023 / NICOLAS ASFOURIPekinskaya nauchno-issledovatelskoy laboratoriya prikladnix biologicheskix texnologiy
Pekinskaya nauchno-issledovatelskoy laboratoriya prikladnix biologicheskix texnologiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2026
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada AQShning 40 tadan ziyod biolaboratoriyasi bor.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. AQSh Ukrainadagi biolaboratoriyalar ishini Vladimir Zelenskiydan xalos bo‘lish maqsadida tekshiradi. Bunday fikrni “Sputnik Blijnee zarubejye” Telegram-kanaliga rossiyalik senator Vladimir Djabarov bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi AQSh prezidenti Donald Trampga quloq solmay qo‘ygan va Amerikada hukumat almashishi umidida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bor e’tiborini qaratgan.
Djabarov Vashington biolaboratoriya kabi xavfli mavzuni “eslab qolgani” bejiz emas. Bu real surishtiruvni kutish shart bo‘lmagan yangi keng ko‘lamli mojaro uchun bahonadir.

Yermak bilan (Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbari – Tahr.) sodir bo‘lgan voqea – bu boshlanishi. Keyingisi Zelenskiy bo‘ladi”, - deya ta’kidladi rossiyalik senator.

Avvalroq AQSh Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard Ukrainadagi Amerika biolaboratoriyalari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu laboratoriyalar patogenlar bilan xavfli tadqiqotlar o‘tkazgan bo‘lishi mumkin, Jo Bayden ma’muriyati vakillari esa “Amerika xalqiga AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan va qo‘llab-quvvatlanadigan biolaboratoriyalar mavjudligi haqida yolg‘on gapirishgan va haqiqatni aytmoqchi bo‘lganlarga tahdid qilishgan”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab AQShning 120 ta biolaboratoriyasi bor, shundan 40 tadan ziyodi Ukrainada.

Mavzuga oid:

Rogov: Zaporojyeda Pentagonning ikkita biologik laboratoriyasi bor
AQSh harbiy biologik faolligi tobora kuchayib bormoqda — Shoygu
Ukrainada AQShning biologik laboratoriyalari mavjud — Kichik Kennedi
AQSh yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini qo‘llash usullarini izlamoqda – RF Mudofaa vazirligi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada topilgan xavfli kasalliklar patogenlarini o‘rganadi
AQSh o‘z tadqiqotlari uchun ukrainaliklarning bionamunalarini yig‘moqda — Kosachov
OAV: Qo‘shma Shtatlar ukrainaliklardan tajriba “quyonchasi” sifatida foydalanmoqda
Rossiya Ukrainadagi AQSh harbiy-biologik loyihalarini to‘xtatishning uddasidan chiqdi
Ukrainadagi AQSh biolaboratoriyalari ataylab tegishli ravishda himoyalanmagan bo‘lgan
Ukrainadagi biologik laboratoriyalarning g‘arbiy kuratorlari ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0