https://oz.sputniknews.uz/20260514/yangi-neft-gaz-konlar-kamayish-57555810.html
Yangi neft-gaz konlari kamaymoqda — O‘zbekiston mavjud quvvatlarni yangilamoqda
Yangi neft-gaz konlari kamaymoqda — O‘zbekiston mavjud quvvatlarni yangilamoqda
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi yillarda yangi yirik neft-gaz konlarini aniqlash qiyinlashmoqda. Shu sharoitda O‘zbekiston mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va mahsulot sifatini oshirishga e’tibor qaratmoqda.
2026-05-14T09:58+0500
2026-05-14T09:58+0500
2026-05-14T10:05+0500
energetika
o‘zbekneftgaz
energetika vazirligi
jamiyat
neft
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57542357_115:0:1166:591_1920x0_80_0_0_7434f5236c49908b0c4bae1d137b9e4b.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. So‘nggi yillarda yangi yirik neft-gaz konlarini aniqlash qiyinlashmoqda. Shu sharoitda sohadagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va mahsulot sifatini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.Bu haqda Xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ qatlamlarni modellashtirish guruhi rahbari Temurbek Nurmuhammedov ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda neft-gaz sohasi tobora murakkablashib bormoqda. Yirik yangi neft va gaz konlari avvalgidek tez-tez kashf etilmayapti. Kon ochilganidan keyin uni ishga tushirish va o‘zlashtirish uchun ketadigan vaqt ham uzaymoqda.Shu bilan birga, O‘zbekistonda neftni qayta ishlash quvvatlarini yangilash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.Energetika vazirligi departament boshlig‘i Sarvar Rahimovning ma’lum qilishicha, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish shunday asosiy loyihalardan biridir.Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish ham muhim loyihalardan biri hisoblanadi. Rahimovning ta’kidlashicha, loyiha texnologik qurilmalarni kompleks rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va mahsulotlar turini kengaytirishni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260513/gazi-tugab-borayotgan-konlarda-kompressorlar-orqali-qazib-olish-darajasi-saqlab-qolinmoqda-57541137.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57542357_246:0:1034:591_1920x0_80_0_0_497f79743957d751361a0cc6498847ef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika, o‘zbekneftgaz, energetika vazirligi, jamiyat, neft, gaz
energetika, o‘zbekneftgaz, energetika vazirligi, jamiyat, neft, gaz
Yangi neft-gaz konlari kamaymoqda — O‘zbekiston mavjud quvvatlarni yangilamoqda
09:58 14.05.2026 (yangilandi: 10:05 14.05.2026) O‘zbekiston bu sharoitda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga e’tibor qaratmoqda.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. So‘nggi yillarda yangi yirik neft-gaz konlarini aniqlash qiyinlashmoqda. Shu sharoitda sohadagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va mahsulot sifatini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Bu haqda Xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ qatlamlarni modellashtirish guruhi rahbari Temurbek Nurmuhammedov ma’lum qildi, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda neft-gaz sohasi tobora murakkablashib bormoqda. Yirik yangi neft va gaz konlari avvalgidek tez-tez kashf etilmayapti. Kon ochilganidan keyin uni ishga tushirish va o‘zlashtirish uchun ketadigan vaqt ham uzaymoqda.
“Natijada kompaniyalar talabni qondirish uchun yanada tezroq ishlashiga to‘g‘ri kelyapti. Aholi soni o‘sishi bilan energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Bu esa sohadan yanada murakkab loyihalar va aniq qarorlarni talab qilmoqda”, — dedi u.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda neftni qayta ishlash quvvatlarini yangilash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Energetika vazirligi departament boshlig‘i Sarvar Rahimovning ma’lum qilishicha, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish shunday asosiy loyihalardan biridir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash va Yevro-5 standartiga javob beradigan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish ham muhim loyihalardan biri hisoblanadi.
Rahimovning ta’kidlashicha, loyiha texnologik qurilmalarni kompleks rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va mahsulotlar turini kengaytirishni nazarda tutadi.