https://oz.sputniknews.uz/20260514/afghanistan-terrorchi-guruhlar-jangarilar-57569003.html
Afg‘onistonda 23 ming nafargacha terrorchi guruhlar jangarilari bor — Shoygu
Afg‘onistonda 23 ming nafargacha terrorchi guruhlar jangarilari bor — Shoygu
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Shoygu Bishkekdagi ShHT yig‘ilishida Afg‘onistonda 20 dan ortiq guruhga mansub 18 mingdan 23 minggacha jangarilar faoliyat yuritayotganini aytdi.
2026-05-14T16:28+0500
2026-05-14T16:28+0500
2026-05-14T16:31+0500
xavfsizlik kengashi
rossiya
markaziy osiyo
giyohvand moddalar
narkotik
terrorchilar
jamiyat
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
sergey shoygu
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/43/1824301_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_ca219920f0bca4c68f8a850e0c79c3ca.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Afg‘onistonda 20 ta dan ortiq turli guruhga mansub 18 mingdan 23 minggacha jangarilar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Bishkekda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID* guruhi safida 3 mingga yaqin kishi bor. Shoygu Afg‘onistondagi vaziyat ShHT makonida xavfsizlikni ta’minlash uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibiga ko‘ra, 2025-yilda IShID 12 ta yirik terakt sodir etgan. Bu hujumlarda 40 nafar harbiy xizmatchi va 25 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi yaralangan.Shoygu “Tolibon” harakati IShID*ga qarshi qattiq qurolli kurash olib borayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, IShID* “Tolibon”ning asosiy mafkuraviy va siyosiy raqibi hisoblanadi.U Afg‘onistondan kelayotgan asosiy tahdidlar sifatida terrorizm va narkotrafikni tilga oldi.Shoyguning aytishicha, “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin Afg‘onistonda ko‘knori ekin maydonlari va ishlab chiqarish 90 foizdan ko‘proqqa qisqargan. Biroq og‘ir iqtisodiy vaziyat sababli 4 millionga yaqin odam hali ham giyohvand moddalar yetishtirish bilan bog‘liq faoliyatda qolmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatga AQSh, Britaniya va Germaniyaning afg‘on aktivlarini blokirovka qilishi ham ta’sir qilmoqda. Muzlatilgan mablag‘larning umumiy miqdori taxminan 10 milliard dollarni tashkil etadi.* Rossiya va qator davlatlarda “Hay’at Tahrir ash-Shom”, “Islom davlati” va IShID guruhlari terrorchi tashkilot deb tan olingan va uning faoliyati taqiqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20251120/terrorchilik-tashkilotlar-central-asia-reja-53606703.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/43/1824301_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_6a4109acd897e641b374363234557f62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xavfsizlik kengashi, rossiya, markaziy osiyo, giyohvand moddalar, narkotik, terrorchilar, jamiyat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), sergey shoygu
xavfsizlik kengashi, rossiya, markaziy osiyo, giyohvand moddalar, narkotik, terrorchilar, jamiyat, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), sergey shoygu
Afg‘onistonda 23 ming nafargacha terrorchi guruhlar jangarilari bor — Shoygu
16:28 14.05.2026 (yangilandi: 16:31 14.05.2026) Sergey Shoyguga ko‘ra, Afg‘onistonda 20 tadan ortiq guruhga mansub 18 mingdan 23 minggacha jangarilar faoliyat yuritmoqda.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Afg‘onistonda 20 ta dan ortiq turli guruhga mansub 18 mingdan 23 minggacha jangarilar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Bishkekda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID* guruhi safida 3 mingga yaqin kishi bor. Shoygu Afg‘onistondagi vaziyat ShHT makonida xavfsizlikni ta’minlash uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Shoygu, shuningdek, Suriyadan Afg‘onistonga uyg‘ur, tojik va o‘zbek kelib chiqishiga ega jangarilar oqimi ko‘payganini qayd etdi. Uning aytishicha, gap sobiq terrorchilik tashkilotlari va “Hay’at Tahrir ash-Shom”* guruhlari safida bo‘lgan shaxslar haqida ketmoqda.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibiga ko‘ra, 2025-yilda IShID 12 ta yirik terakt sodir etgan. Bu hujumlarda 40 nafar harbiy xizmatchi va 25 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi yaralangan.
Shoygu “Tolibon” harakati IShID*ga qarshi qattiq qurolli kurash olib borayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, IShID* “Tolibon”ning asosiy mafkuraviy va siyosiy raqibi hisoblanadi.
U Afg‘onistondan kelayotgan asosiy tahdidlar sifatida terrorizm va narkotrafikni tilga oldi.
Shoyguning aytishicha, “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin Afg‘onistonda ko‘knori ekin maydonlari va ishlab chiqarish 90 foizdan ko‘proqqa qisqargan. Biroq og‘ir iqtisodiy vaziyat sababli 4 millionga yaqin odam hali ham giyohvand moddalar yetishtirish bilan bog‘liq faoliyatda qolmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatga AQSh, Britaniya va Germaniyaning afg‘on aktivlarini blokirovka qilishi ham ta’sir qilmoqda. Muzlatilgan mablag‘larning umumiy miqdori taxminan 10 milliard dollarni tashkil etadi.
"2022 yil fevral oyida Jo Bayden qarori bilan 3,5 milliard dollar 11-sentabr teraktlari qurbonlarining oilalariga kompensatsiya to‘lash uchun yo‘naltirildi. Yana 3,5 milliard AQSh dollari "Tolibon" hukumatini chetlab o‘tib, Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam jamg‘armasiga o‘tkazildi. Boshqacha aytganda, pul o‘g‘irlangan", - dedi Shoygu.
* Rossiya va qator davlatlarda “Hay’at Tahrir ash-Shom”, “Islom davlati” va IShID guruhlari terrorchi tashkilot deb tan olingan va uning faoliyati taqiqlangan.