https://oz.sputniknews.uz/20260513/ukraine-ermak-ayblovlar-57545873.html
Ukraina bosh vaziri tayinlovida folbin maslahati va korrupsiya: Yermakka ayblovlar qo‘yildi
Ukraina bosh vaziri tayinlovida folbin maslahati va korrupsiya: Yermakka ayblovlar qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada Andrey Yermakka korrupsiya va 10,4 mln dollarlik pullarni legallashtirish ayblovi qo‘yildi. Tergovda u bosh vazir va boshqa amaldorlar tayinlovi bo‘yicha folbin bilan maslahatlashgani aytilmoqda.
2026-05-13T16:03+0500
2026-05-13T16:03+0500
2026-05-13T16:06+0500
ukraina
dunyo yangiliklari
vladimir zelenskiy
korrupsiya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57545606_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_6af282ef70f6c465deb7de7dc419ae29.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy idorasining sobiq rahbari Andrey Yermak davlat lavozimlariga tayinlovlar bo‘yicha “Veronika Fenshuy Ofis” nomi bilan saqlangan abonent bilan maslahatlashgani haqida ma’lumotlar ochiqlandi. Bu haqda Ukrainaning "Hromadske" nashri prokuror bayonotiga tayanib xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Ukraina Korrupsiyaga qarshi Oliy sudi (VAKS) seshanba kuni Yermakka nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasini ko‘rib chiqishni boshlagan. Prokuror suddagi chiqishida Yermak “Veronika Fenshuy Ofis” abonenti bilan turli davlat lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha yozishmalar olib borganini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, u suhbatdoshiga nomzodlarning tug‘ilgan sanalarini yuborgan.Nashr yozishicha, Yermak kamida 2020-yildan beri Ukraina bosh vaziri, sog‘liqni saqlash vaziri, sobiq bosh prokuror Irina Venediktova hamda Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Oleg Tatarov kabi yuqori lavozimli amaldorlar bo‘yicha maslahatlashib kelgan. Ayrim holatlarda ularning ismlari ko‘rsatilmagan, faqat tug‘ilgan sanalari yuborilgan.Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi (NABU) direktori Semon Krivonosning aytishicha, ishni tergov qilish jarayonida ekspertlarga bosim o‘tkazilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli ekspertizani amalga oshirishi kerak bo‘lgan mutaxassislarga ta’sir o‘tkazish holatlari qayd etilgan va bu ishlarga Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari ham aloqador bo‘lishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260503/zelenskyy-atrof-ichki-kurash-57292993.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57545606_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_b1a62415717e829753608ef4d4b193d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, dunyo yangiliklari, vladimir zelenskiy, korrupsiya, dunyoda
ukraina, dunyo yangiliklari, vladimir zelenskiy, korrupsiya, dunyoda
Ukraina bosh vaziri tayinlovida folbin maslahati va korrupsiya: Yermakka ayblovlar qo‘yildi
16:03 13.05.2026 (yangilandi: 16:06 13.05.2026) Ukrainada Zelenskiy idorasining sobiq rahbari Andrey Yermakka korrupsiya va pul “yuvish” ayblovlari qo‘yildi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy idorasining sobiq rahbari Andrey Yermak davlat lavozimlariga tayinlovlar bo‘yicha “Veronika Fenshuy Ofis” nomi bilan saqlangan abonent bilan maslahatlashgani haqida ma’lumotlar ochiqlandi. Bu haqda Ukrainaning "Hromadske" nashri prokuror bayonotiga tayanib
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina Korrupsiyaga qarshi Oliy sudi (VAKS) seshanba kuni Yermakka nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasini ko‘rib chiqishni boshlagan.
Prokuror suddagi chiqishida Yermak “Veronika Fenshuy Ofis” abonenti bilan turli davlat lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha yozishmalar olib borganini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, u suhbatdoshiga nomzodlarning tug‘ilgan sanalarini yuborgan.
Nashr yozishicha, Yermak kamida 2020-yildan beri Ukraina bosh vaziri, sog‘liqni saqlash vaziri, sobiq bosh prokuror Irina Venediktova hamda Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Oleg Tatarov kabi yuqori lavozimli amaldorlar bo‘yicha maslahatlashib kelgan. Ayrim holatlarda ularning ismlari ko‘rsatilmagan, faqat tug‘ilgan sanalari yuborilgan.
Shu bilan birga, Ukraina korrupsiyaga qarshi prokuraturasi Yermakka Kiyev yaqinida hashamatli uy-joylar qurilishi orqali korrupsiyaviy mablag‘larni “yuvish” — 10,4 million dollarlik sxema doirasida pullarni legallashtirishda qatnashish ayblovini qo‘ygan.
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi (NABU) direktori Semon Krivonosning aytishicha, ishni tergov qilish jarayonida ekspertlarga bosim o‘tkazilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli ekspertizani amalga oshirishi kerak bo‘lgan mutaxassislarga ta’sir o‘tkazish holatlari qayd etilgan va bu ishlarga Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari ham aloqador bo‘lishi mumkin.