Toshkent yer usti metrosi — poytaxt aholisi uchun zamonaviy transport yo‘nalishi
Toshkent yer usti metrosi — poytaxt aholisi uchun zamonaviy transport yo‘nalishi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida yer usti halqa metro yo‘li — Mustaqillikning 30-yilligi liniyasi faol rivojlanmoqda. Yo‘nalish shaharning yirik hududlarini bog‘lab, aholi uchun qulay va tezkor transport xizmati ko‘rsatmoqda.
Toshkent metropolitenining to‘rtinchi yo‘nalishi hisoblangan yer usti halqa metro liniyasi poytaxt transport tizimida muhim o‘rin tutmoqda. To‘liq yer ustida joylashgan ushbu liniya shaharning turli tumanlarini o‘zaro bog‘lab, yo‘lovchilarga qulay harakatlanish imkoniyatini yaratmoqda.Hozirda metro liniyasi har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha faoliyat yuritadi. Poyezdlar taxminan har yetti daqiqada harakatlanib, "Texnopark", "Yashnobod", "Tuzel", "Olmos", "Rohat", "Yangiobod", "Qo‘yliq" va "Matonat" kabi bekatlar orqali minglab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.Shuningdek, yo‘l haqini ATTO kartalari, bank kartalari hamda mobil ilovalar orqali to‘lash imkoniyati yaratilgan. Kelgusida yangi uchastkalar va zamonaviy bekatlarni qurish rejalashtirilgan.Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li — Sputnik O‘zbekiston obyektivida.
Toshkent shahrida yer usti halqa metro yo‘li — Mustaqillikning 30-yilligi liniyasi rivojlanmoqda. U shahar hududlarini bog‘lab, aholiga qulay va tezkor transport xizmati ko‘rsatmoqda.
Toshkent metropolitenining to‘rtinchi yo‘nalishi hisoblangan yer usti halqa metro liniyasi poytaxt transport tizimida muhim o‘rin tutmoqda. To‘liq yer ustida joylashgan ushbu liniya shaharning turli tumanlarini o‘zaro bog‘lab, yo‘lovchilarga qulay harakatlanish imkoniyatini yaratmoqda.
Hozirda metro liniyasi har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha faoliyat yuritadi. Poyezdlar taxminan har yetti daqiqada harakatlanib, "Texnopark", "Yashnobod", "Tuzel", "Olmos", "Rohat", "Yangiobod", "Qo‘yliq" va "Matonat" kabi bekatlar orqali minglab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
“Yer usti halqa metro liniyasi Toshkent transport infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, shahar aholisi uchun yanada katta qulaylik yaratmoqda”, — dedi “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati yetakchi mutaxassisi Doniyor Nurullayev Sputnik O‘zbekistonga.
Shuningdek, yo‘l haqini ATTO kartalari, bank kartalari hamda mobil ilovalar orqali to‘lash imkoniyati yaratilgan. Kelgusida yangi uchastkalar va zamonaviy bekatlarni qurish rejalashtirilgan.
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li — Sputnik O‘zbekiston obyektivida.