Sun’iy intellekt qidiruvni tezlashtirmoqda, ammo geologlarni almashtirmaydi — Norov

© telegram sputnikuzbekistanRinok II v neftegazovoy otrasli, kak ojidayetsya, virastet s 7,6 mlrd v 2025-m do bolee chem 25 mlrd k 2034 godu
Rinok II v neftegazovoy otrasli, kak ojidayetsya, virastet s 7,6 mlrd v 2025-m do bolee chem 25 mlrd k 2034 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Obuna bo‘lish
Neft-gaz sohasida SI bozori 2034-yilgacha 25 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Neft-gaz sohasidagi global sun’iy intellekt (SI) bozori 2025-yildagi 7,6 milliard dollardan 2034-yilga kelib 25 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Bu yillik 14 foizdan ortiq o‘sishni anglatadi.
Bu haqda Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Norov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Bu borada Xitoy ayniqsa qiziqarli misol hisoblanadi. PetroChina geoma’lumotlar, akustik signallar va sputnik tasvirlarini multimodal integratsiya qilish orqali geologik qidiruv samaradorligini taxminan 40 foizga oshirgan”, — dedi Norov.
Uning ta’kidlashicha, xitoylik tadqiqotchilar gorizontal tog‘ jinslari bosimini 99,5 foiz aniqlikda prognoz qiluvchi va hisoblash vaqtini 87 foizga qisqartiruvchi gibrid neyron tarmoqni ham ishlab chiqdi.

"Markaziy Osiyo uchun bu tajriba ayniqsa dolzarb, chunki mintaqa tektonik tuzilishi jihatidan o‘xshash”, — dedi Norov.

Neft-gaz sohasida SIdan foydalanish daromadni oshirish va burg‘ulash xarajatlarini qisqartirish imkonini bermoqda.
Vladimir Norovning aytishicha, ilgari ma’lum bo‘lmagan hududlarda ham tez ishlash imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

"Bir savol tug‘iladi: geologlar nima qiladi? Ularni SI almashtiradimi? Albatta, yo‘q. Geologlar muhim rol o‘ynashda davom etadi. SI shunchaki vosita bo‘ladi. U geologlarga ma’lumot to‘plash va chuqur tahlil qilishda yordam beradi. Ammo yakuniy qaror baribir inson tomonidan qabul qilinadi.Shuning uchun menimcha, Markaziy Osiyo mamlakatlarida neft-gaz sohasida SI xabi yaratish va umumiy sa’y-harakatlar orqali yetakchiga aylanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud", - deydi Norov.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam povisheniya effektivnosti raboti “Uzbekneftegaz” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2026
Gaz, samaradorlik: Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz”ning ustuvor vazifalarini belgilab berdi
Yangiliklar lentasi
0