https://oz.sputniknews.uz/20260513/russia-uzbekistan-neft-etkazish-57549899.html
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ta’minlamoqda
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ta’minlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga yetkazib beriladigan neft mahsulotlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ta’minlamoqda. Energetika forumida Rossiya kompaniyalarining neft-gaz sohasidagi salohiyati haqida so‘z bordi.
2026-05-13T17:46+0500
2026-05-13T17:46+0500
2026-05-13T17:46+0500
neft
import
o‘zbekiston
iqtisod
energetika
eksport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1400/83/14008388_0:258:3071:1985_1920x0_80_0_0_83fbf92a33d4c1bdcaf1a1979fcb7ad0.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga yetkazib beriladigan neft mahsulotlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ta’minlab, mamlakat energetika xavfsizligiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.Bu haqda Energetika forumi doirasida Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi eksperti Sergey Morusov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Morusovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili ikki davlat hukumatlari o‘rtasida Rossiya nefti va gazini yetkazib berish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlar imzolangan.Morusovning aytishicha, Rossiya kompaniyalari O‘zbekiston neft-gaz sanoatini rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda respublika neft-gaz sanoati bir qator muammolarga duch kelmoqda. Ular orasida mavjud konlarning tugashi, energiya resurslari iste’molining o‘sishi va uglevodorodlar taqchilligi bor.Uning ma’lum qilishicha, Energetika haftaligi tadbirlarida 70 ta Rossiya kompaniyasi ishtirok etmoqda.Ular orasida Rossiya eksport markazining birlashgan stendi, shuningdek, Sankt-Peterburg shahri va Chelyabinsk viloyatining jamoaviy ekspozitsiyalari bor.
https://oz.sputniknews.uz/20260113/uzbekistan-russia-gaz-eksport-54764500.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1400/83/14008388_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_401debdef04d8fa69b31823fb2af9a9f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
neft, import, o‘zbekiston, iqtisod, energetika, eksport
neft, import, o‘zbekiston, iqtisod, energetika, eksport
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ta’minlamoqda
Bu energetika xavfsizligiga salmoqli hissa qo‘shayotgani aytildi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga yetkazib beriladigan neft mahsulotlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ta’minlab, mamlakat energetika xavfsizligiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Bu haqda Energetika forumi doirasida Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi eksperti Sergey Morusov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Morusovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili ikki davlat hukumatlari o‘rtasida Rossiya nefti va gazini yetkazib berish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlar imzolangan.
“Biz erishilgan kelishuvlar ushbu yo‘nalishda Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz”, — dedi u.
Morusovning aytishicha, Rossiya kompaniyalari O‘zbekiston neft-gaz sanoatini rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda respublika neft-gaz sanoati bir qator muammolarga duch kelmoqda. Ular orasida mavjud konlarning tugashi, energiya resurslari iste’molining o‘sishi va uglevodorodlar taqchilligi bor.
“Uglevodorodlarni yetkazib berish, tashish, qazib olish va qayta ishlash tajribasi, shuningdek, neft-gaz zanjirining barcha bosqichlarida yuqori texnologiyalarni joriy etish qobiliyati Rossiya kompaniyalarini O‘zbekiston uchun ushbu sohada eng maqbul hamkorga aylantiradi”, — dedi Morusov.
Uning ma’lum qilishicha, Energetika haftaligi tadbirlarida 70 ta Rossiya kompaniyasi ishtirok etmoqda.
Ular orasida Rossiya eksport markazining birlashgan stendi, shuningdek, Sankt-Peterburg shahri va Chelyabinsk viloyatining jamoaviy ekspozitsiyalari bor.
“Biz O‘zbekiston idoralari, tashkilotlari va tarmoq uyushmalari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz va o‘zbekistonlik hamkasblarimizning Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlikka qiziqish bildirayotganini ko‘rmoqdamiz”, — dedi u.