https://oz.sputniknews.uz/20260512/uzbekneftgaz-evro-benzin-ishlab-chiqarish-57516779.html
“O‘zbekneftgaz” Yevro-5 benzini ishlab chiqarishga o‘tish ustida ishlamoqda
“O‘zbekneftgaz” Yevro-5 benzini ishlab chiqarishga o‘tish ustida ishlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz” Yevro-5 benzini ishlab chiqarish, mazutni chuqur qayta ishlash va GTL zavodida Yevro-6 standartiga mos dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish bo‘yicha ma’lumot berdi.
2026-05-12T18:07+0500
2026-05-12T18:07+0500
2026-05-12T18:07+0500
neft
buxoro nqiz
dizel
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57516269_0:114:2730:1650_1920x0_80_0_0_b925e5562dc86bb289b4b3fc2d950868.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” Yevro-2 talablariga javob beradigan avtomobil benzini ishlab chiqarishdan Yevro-5 standartidagi benzin ishlab chiqarishga o‘tish ustida ishlamoqda.Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Abrorjon Xudoyberganov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda respublikada Yevro-2 talablariga javob beradigan avtomobil benzini ishlab chiqarilmoqda.Uning ta’kidlashicha, shu bilan birga mazutni chuqur qayta ishlash, bitum olish va boshqa yo‘nalishlarda ham ishlar amalga oshirilmoqda.Xudoyberganov Uzbekistan GTL zavodi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, ushbu loyiha natijasida 1,5 mln tonna sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday dizel an’anaviy mineral dizel yoqilg‘isi bilan solishtirganda atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni 31 foizga kamaytiradi.Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” sho‘’ba korxonalari va neft bazalari hududlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunga qadar 26 MVt dan ortiq quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgan. 2026-yilda esa 40–45 MVt dan ortiq yangi quvvatlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260504/uzbekistan-benzin-dizel-ishlab-chiqarish-57311861.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57516269_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_6bffb82df4095f24e6dcba0657d3be8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
neft, buxoro nqiz, dizel, iqtisod
neft, buxoro nqiz, dizel, iqtisod
“O‘zbekneftgaz” Yevro-5 benzini ishlab chiqarishga o‘tish ustida ishlamoqda
“O‘zbekneftgaz” Buxoro neftni qayta ishlash zavodi negizida Yevro-5 standartidagi avtomobil benzini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” Yevro-2 talablariga javob beradigan avtomobil benzini ishlab chiqarishdan Yevro-5 standartidagi benzin ishlab chiqarishga o‘tish ustida ishlamoqda.
Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Abrorjon Xudoyberganov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda respublikada Yevro-2 talablariga javob beradigan avtomobil benzini ishlab chiqarilmoqda.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi negizida Yevro-5 talablariga javob beradigan avtomobil benzini ishlab chiqarish uchun Fast track, ya’ni tezlashtirilgan loyihalashtirish va amalga oshirish usulida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ustida ish olib bormoqdamiz”, — dedi Xudoyberganov.
Uning ta’kidlashicha, shu bilan birga mazutni chuqur qayta ishlash, bitum olish va boshqa yo‘nalishlarda ham ishlar amalga oshirilmoqda.
Xudoyberganov Uzbekistan GTL zavodi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, ushbu loyiha natijasida 1,5 mln tonna sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi.
“Ushbu yoqilg‘ining sifati, xususan, dizel yoqilg‘isi haqida gapiradigan bo‘lsak, EN 15940 xalqaro standartiga to‘liq javob beradi. Bu Yevro-6 standartiga mos keladigan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishga erishilganini anglatadi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday dizel an’anaviy mineral dizel yoqilg‘isi bilan solishtirganda atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni 31 foizga kamaytiradi.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” sho‘’ba korxonalari va neft bazalari hududlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunga qadar 26 MVt dan ortiq quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgan. 2026-yilda esa 40–45 MVt dan ortiq yangi quvvatlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.