https://oz.sputniknews.uz/20260512/central-asia-iqlim-migrant-57517764.html
Markaziy Osiyoda yaqin 10-15 yilda 2,4 mln iqlim migranti paydo bo‘lishi mumkin — Alixanov
Markaziy Osiyoda yaqin 10-15 yilda 2,4 mln iqlim migranti paydo bo‘lishi mumkin — Alixanov
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Boriy Alixanov Markaziy Osiyoda harorat oshishi, suv tanqisligi, muzliklar qisqarishi va iqlim migratsiyasi xavfi haqida gapirdi.
2026-05-12T19:20+0500
2026-05-12T19:20+0500
2026-05-12T19:20+0500
ekologiya
migratsiya
o‘zbekiston
iqlim o‘zgarishi
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57517521_436:507:2730:1798_1920x0_80_0_0_dd5a7843b183e8d29ecfeb79884207ac.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda yaqin 10–15 yil ichida iqlim migrantlari soni taxminan 2,4 million kishiga yetishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Boriy Alixanov Toshkentdagi energetika forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi sayyoradagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar tezroq sodir bo‘lmoqda.So‘nggi 80-yil ichida mintaqada o‘rtacha harorat taxminan 1,7°C ga oshgan. Bu atrof-muhit, iqtisodiyot va aholi salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.Alixonov iqlim o‘zgarishining asosiy oqibatlari sifatida quyidagilarni sanab o‘tdi:Uning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 20–25 yilda Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda suv olish hajmi taxminan 18 foizga oshgan.Alixanov, shuningdek, 2026-yilda O‘zbekistonda chiqindi gazini elektr energiyasiga qayta ishlash bo‘yicha Markaziy Osiyodagi birinchi loyihani ishga tushirish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha mamlakatning ikkita eng yirik poligonida amalga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260505/central-asia-suv-tanqislik-57340778.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57517521_424:159:2730:1888_1920x0_80_0_0_63967edc5f16593586164583c0a89cd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , migratsiya, o‘zbekiston, iqlim o‘zgarishi, markaziy osiyo
ekologiya , migratsiya, o‘zbekiston, iqlim o‘zgarishi, markaziy osiyo
Markaziy Osiyoda yaqin 10-15 yilda 2,4 mln iqlim migranti paydo bo‘lishi mumkin — Alixanov
Boriy Alixonovga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan ikki barobar tezroq kechmoqda.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda yaqin 10–15 yil ichida iqlim migrantlari soni taxminan 2,4 million kishiga yetishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Boriy Alixanov Toshkentdagi energetika forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, Markaziy Osiyoda yaqin10–15 yil ichida iqlim migrantlari soni taxminan 2,4 million kishini tashkil etishi mumkin. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda ularning soni 216 millionga yetishi mumkin”, — dedi Alixanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi sayyoradagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar tezroq sodir bo‘lmoqda.
So‘nggi 80-yil ichida mintaqada o‘rtacha harorat taxminan 1,7°C ga oshgan. Bu atrof-muhit, iqtisodiyot va aholi salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Alixonov iqlim o‘zgarishining asosiy oqibatlari sifatida quyidagilarni sanab o‘tdi:
yil fasllarining o‘zgarishi;
yog‘ingarchilik rejimi o‘zgarishi;
hududlarning cho‘llanishi va botqoqlanishi;
suv tanqisligi sabab qishloq xo‘jaligiga yuk ortishi;
yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi;
iqlim migratsiyasi kuchayishi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 20–25 yilda Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda suv olish hajmi taxminan 18 foizga oshgan.
Shu bilan birga, so‘nggi 40-yilda Amudaryo va Sirdaryoga suv beradigan muzliklar erishi taxminan 33 foizga kamaygan.
Alixanov, shuningdek, 2026-yilda O‘zbekistonda chiqindi gazini elektr energiyasiga qayta ishlash bo‘yicha Markaziy Osiyodagi birinchi loyihani ishga tushirish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha mamlakatning ikkita eng yirik poligonida amalga oshiriladi.