O‘zbekistonda mo‘g‘ul qo‘ylari soni 1 milliontaga yetkazilishi mumkin

© Press-slujba MIPT RUz.V Tashkente proshel uzbeksko-mongolskiy biznes-forum
V Tashkente proshel uzbeksko-mongolskiy biznes-forum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes-forumida 2029-yilgacha respublikada mo‘g‘ul qo‘ylari sonini 1 milliontaga yetkazish rejasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. 2029 yilgacha O‘zbekistonda mo‘g‘ul qo‘ylari sonini 1 milliontaga yetkazish, Mo‘g‘ulistonda esa O‘zbekiston sug‘orish tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bu masalalar Toshkentda O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning 70 dan ortiq kompaniyalari ishtirokida o‘tgan biznes-forumda muhokama qilindi.
Tadbirda delegatsiyalarga Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov, Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi Dadandxu Batbaatar hamda Mo‘g‘uliston parlamenti deputati Suxbaatar Erdenebat rahbarlik qildi.
Tomonlar joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 15,6 foizga oshganini qayd etdi. Shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 100 mln dollarga yetkazish maqsadi belgilandi.
© Press-slujba MIPT RUz.V Tashkente proshel uzbeksko-mongolskiy biznes-forum
V Tashkente proshel uzbeksko-mongolskiy biznes-forum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
V Tashkente proshel uzbeksko-mongolskiy biznes-forum
Forumda Mo‘g‘uliston juni va kashmirini O‘zbekistonda qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha sanoat kooperatsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
Geologiya sohasida O‘zbekistonning tegishli vazirligi Ulan-Batordagi vakolatxonasi orqali konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlagani ma’lum qilindi.
Biznes-forum yakunida yangi investitsiya loyihalari shakllantirildi va qo‘shma tashabbuslarni doimiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yaratishga kelishildi.
Vivoz uranovogo grunta pogruzochno-dostavochnoy mashinoy PD-2E na rudnike Glubokiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2026
O‘zbekiston kompaniyasi Mo‘g‘ulistonda uran qidiruv ishlarini boshlashi mumkin
Yangiliklar lentasi
0