O‘zbekistonlik sportchilar Toshkentdagi badminton turnirida qator yo‘nalishlarda g‘olib bo‘ldi

© telegram sputnikuzbekistanV Tashkente zavershilsya priurochenniy ko Dnyu pamati i pochestey mejdunarodniy turnir po badmintonu
V Tashkente zavershilsya priurochenniy ko Dnyu pamati i pochestey mejdunarodniy turnir po badmintonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
Obuna bo‘lish
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan xalqaro turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 70 nafardan ortiq havaskor va veteran sportchi ishtirok etdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Toshkentda 9–10 may kunlari Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan havaskorlar va veteranlar o‘rtasida xalqaro badminton turniri o‘tkazildi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 70 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Turnir erkaklar, ayollar va aralash juftlik yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Bellashuvlarda 35 yoshdan katta hamda 55 yoshdan yuqori havaskor va veteran sportchilar qatnashdi.
Yakunlarga ko‘ra, 35–55 yosh toifasidagi erkaklar juftligi bahslarida barcha sovrinli o‘rinlarni O‘zbekiston vakillari egalladi. 55 yoshdan yuqori erkaklar juftligi yo‘nalishida ham birinchi va ikkinchi o‘rin O‘zbekiston sportchilariga nasib etdi, uchinchi o‘rinni Qozog‘iston vakillari qo‘lga kiritdi.
35 yoshdan katta ayollar juftligi bahslarida Qozog‘iston sportchilari birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. O‘zbekiston vakillari ushbu yo‘nalishda uchinchi bo‘ldi.
Aralash juftlik bahslarida ham O‘zbekiston sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 35–55 yosh toifasidagi mikst yo‘nalishida barcha sovrinli o‘rinlar O‘zbekiston vakillariga nasib etdi.
55 yoshdan yuqori aralash juftlik bahslarida esa Qozog‘iston va Qirg‘iziston sportchilaridan iborat juftlik g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni O‘zbekiston vakillari qo‘lga kiritdi.
Badminton - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
Toshkentda xalqaro badminton turniri bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0