https://oz.sputniknews.uz/20260511/europe-ukraine-mojaro-yakun-xavotir-57489314.html
Yevropa Ukraina mojarosi yakunlanishidan nega xavotirda?
Yevropa Ukraina mojarosi yakunlanishidan nega xavotirda?
Sputnik O‘zbekiston
Frontex rasmiysi Lars Gerdes Ukrainadagi urushdan keyin Yevropaga qurol, o‘q-dori va portlovchi moddalar kontrabandasi xavfi ortishi mumkinligini aytdi. Polsha politsiyasi ham bunday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan.
2026-05-11T10:12+0500
2026-05-11T10:12+0500
2026-05-11T10:12+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
yevropa ittifoqi
kontrabanda
qurol-yarog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/18/25607114_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_fe1f9bd8f1b50a9a4557b0b648d7074a.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Frontex chegara agentligi Ukrainadagi urush tugagach, Yevropaga qurol-yarog‘ kontrabandasi kuchayishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda RIA Novosti Welt telekanaliga tayanib xabar berdi.Agentlik ijrochi direktori o‘rinbosarlaridan biri Lars Gerdesning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish yoki tinchlik kelishuvidan keyin xavf ayniqsa yuqori bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, Ukrainada katta miqdorda qurol, o‘q-dori va portlovchi moddalar qolishi, shuningdek, pulga muhtoj odamlar soni ortishi noqonuniy qurol savdosi xavfini kuchaytiradi.Frontex rasmiysi ehtimoliy inqirozni Yugoslaviya parchalanganidan keyin Yevropada kuzatilgan vaziyat bilan taqqoslagan. O‘sha davrda noqonuniy qurollar Yevropaning turli mamlakatlariga tarqalgani haqida ko‘p bor aytilgan.Bu xavotirlar ilk marta bildirilayotgani yo‘q. Frontex 2022-yildayoq Ukrainadagi mojaro Yevropada va undan tashqarida qurol tarqalishiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan va noqonuniy qurol aylanmasiga qarshi kurashni ustuvor vazifalardan biri deb atagan.2023 yilda esa agentlik Varshavada Ukrainadan qurol kontrabandasi xavfiga bag‘ishlangan maxsus uchrashuv o‘tkazgan. Unda YeI va Shengen hududidagi 30 mamlakatdan chegara va bojxona idoralari vakillari ishtirok etgan.Polsha rasmiylariga ko‘ra, mamlakat bu xavflarga qarshi politsiya tuzilmalarini qayta tashkil etish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi maxsus bo‘linmalarni kuchaytirish orqali tayyorgarlik ko‘rmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260121/zelenskiy-raketa-sarf-garb-qurol-qiyinchilik-55114176.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/18/25607114_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_09a0385ac5f6f177e37e264842562b0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, yevropa ittifoqi, kontrabanda, qurol-yarog‘
dunyo yangiliklari, yevropa ittifoqi, kontrabanda, qurol-yarog‘
Yevropa Ukraina mojarosi yakunlanishidan nega xavotirda?
Frontex Ukraina mojarosi tugagach, qurol kontrabandasi kuchayishidan ogohlantirdi. Polsha politsiyasi esa ruhiy muammolari bor sobiq harbiylar bilan bog‘liq xavflarni ham tilga olgan.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Frontex chegara agentligi Ukrainadagi urush tugagach, Yevropaga qurol-yarog‘ kontrabandasi kuchayishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda RIA Novosti Welt telekanaliga tayanib
xabar berdi.
Agentlik ijrochi direktori o‘rinbosarlaridan biri Lars Gerdesning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish yoki tinchlik kelishuvidan keyin xavf ayniqsa yuqori bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, Ukrainada katta miqdorda qurol, o‘q-dori va portlovchi moddalar qolishi, shuningdek, pulga muhtoj odamlar soni ortishi noqonuniy qurol savdosi xavfini kuchaytiradi.
Gerdes zamonaviy qurollar ham kontrabandachilar qo‘liga tushib qolishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollar terrorchilar va jinoiy guruhlar qo‘liga o‘tsa, Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy muammo yuzaga keladi.
Frontex rasmiysi ehtimoliy inqirozni Yugoslaviya parchalanganidan keyin Yevropada kuzatilgan vaziyat bilan taqqoslagan. O‘sha davrda noqonuniy qurollar Yevropaning turli mamlakatlariga tarqalgani haqida ko‘p bor aytilgan.
Bu xavotirlar ilk marta bildirilayotgani yo‘q. Frontex 2022-yildayoq Ukrainadagi mojaro Yevropada va undan tashqarida qurol tarqalishiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan va noqonuniy qurol aylanmasiga qarshi kurashni ustuvor vazifalardan biri deb atagan.
2023 yilda esa agentlik Varshavada Ukrainadan qurol kontrabandasi xavfiga bag‘ishlangan maxsus uchrashuv o‘tkazgan. Unda YeI va Shengen hududidagi 30 mamlakatdan chegara va bojxona idoralari vakillari ishtirok etgan.
Avvalroq Polsha politsiyasi rahbari Marek Boron ham Ukrainadagi urush tugaganidan keyin uyushgan jinoyatchilik o‘sishi mumkinligini aytgan edi. U demobilizatsiyadan keyin frontda ishlatilgan qurollar jinoiy guruhlar qo‘liga tushishidan xavotir bildirgan.
Polsha rasmiylariga ko‘ra, mamlakat bu xavflarga qarshi politsiya tuzilmalarini qayta tashkil etish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi maxsus bo‘linmalarni kuchaytirish orqali tayyorgarlik ko‘rmoqda.