Pashinyan Armaniston YeOIIdan chiqishni muhokama qilmayotganini aytdi
Pashinyan Armaniston YeOIIdan chiqishni muhokama qilmayotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Nikol Pashinyanga ko‘ra, hozir Armaniston oldida YeOII yoki Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilish masalasi turmagan. U Astanadagi sammitga bormasligini ham tushuntirdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hozir mamlakat oldida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilish masalasi kun tartibida turmaganini bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Armaniston oldida YeOII yoki Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilish masalasi kun tartibida turmagan. Pashinyan bunday masala yuzaga kelsa, u belgilangan tartibda muhokama qilinishini aytgan.Armaniston bosh vaziri YeOIIdan chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazishga hozircha zarurat yo‘qligini ham ta’kidladi. U Yerevan o‘z tashqi iqtisodiy siyosatida keskin va kutilmagan qarorlar qabul qilmasligini qayd etgan.Pashinyan, shuningdek, 28-may kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan YeOII sammitida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. U buni Armanistondagi saylovoldi kampaniyasi bilan izohlagan.Uning aytishicha, u 1-aprel kuni Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ushbu tadbirlarda ishtirok eta olmasligi haqida oldindan xabardor qilgan. Keyinroq bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga ham ma’lum qilgan. Armanistonni sammitda vitse-premyer Mger Grigoran vakillik qiladi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hozir Yerevan oldida YeOII yoki Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilish masalasi kun tartibida turmaganini aytdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hozir mamlakat oldida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilish masalasi kun tartibida turmaganini bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Biz YeOIIdan to‘satdan chiqmaymiz. Agar yoki qachon chiqadigan bo‘lsak, buni rejali, kutilmagan harakatlarsiz amalga oshiramiz”, — degan Pashinyan jurnalistlar bilan suhbatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Armaniston oldida YeOII yoki Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilish masalasi kun tartibida turmagan. Pashinyan bunday masala yuzaga kelsa, u belgilangan tartibda muhokama qilinishini aytgan.
Armaniston bosh vaziri YeOIIdan chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazishga hozircha zarurat yo‘qligini ham ta’kidladi. U Yerevan o‘z tashqi iqtisodiy siyosatida keskin va kutilmagan qarorlar qabul qilmasligini qayd etgan.
Pashinyan, shuningdek, 28-may kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan YeOII sammitida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. U buni Armanistondagi saylovoldi kampaniyasi bilan izohlagan.
Uning aytishicha, u 1-aprel kuni Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ushbu tadbirlarda ishtirok eta olmasligi haqida oldindan xabardor qilgan. Keyinroq bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga ham ma’lum qilgan. Armanistonni sammitda vitse-premyer Mger Grigoran vakillik qiladi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.