https://oz.sputniknews.uz/20260510/uzbekistan-asia-kubok-guruh-57477311.html
O‘zbekiston Osiyo kubogida B guruhda: raqiblar qanchalik kuchli?
O‘zbekiston Osiyo kubogida B guruhda: raqiblar qanchalik kuchli?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Osiyo kubogida Iordaniya, Bahrayn va KXDR bilan bir guruhdan joy oldi. Raqiblar orasida so‘nggi turnir finalchisi ham bor.
2026-05-10T09:18+0500
2026-05-10T09:18+0500
2026-05-10T09:18+0500
futbol
jahon chempionati
bahrayn
shimoliy koreya
iordaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39990761_0:173:2979:1849_1920x0_80_0_0_d9bd44bf44b55e66651c30f6debd5518.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 2027-yilgi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi B guruhidan joy oldi.Guruhda O‘zbekistonga Iordaniya, Bahrayn va KXDR terma jamoalari raqiblik qiladi.Musobaqa 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston guruh bosqichidagi ilk o‘yinini 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘tkazadi. 13-yanvarda KXDR, 18-yanvarda esa Bahrayn bilan bahs bo‘ladi.O‘zbekistonning guruhdagi o‘yinlari Jidda, Al-Xobar va Riyoz shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan.Bundan tashqari, Iordaniya ham O‘zbekiston kabi 2026-yilgi jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma olgan. Shu bois B guruhidagi asosiy raqobat O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida kechishi ehtimoli yuqori.Bahrayn ham oddiy raqib emas. Jamoa so‘nggi Osiyo kubogida Iordaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, E guruhini birinchi o‘rinda yakunlagan va pley-offga chiqqan.KXDR esa guruhdagi eng noaniq raqiblardan biri. Jamoa nom jihatidan Iordaniya va Bahraynchalik kuchli ko‘rinmasligi mumkin, ammo yopiq va intizomli o‘yin uslubi sabab bunday raqiblarga qarshi uchrashuvlar ko‘pincha qiyin kechadi.Guruhda Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya yoki amaldagi chempion Qatar kabi Osiyoning yetakchi jamoalari yo‘q. Biroq Iordaniyaning so‘nggi turnir finalchisi ekani, Bahraynning esa o‘sha turnirda guruh g‘olibi bo‘lgani bu guruhni “yengil” deb atashga asos bermaydi.Reglamentga ko‘ra, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar, shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan to‘rtta uchinchi o‘rin sohibi pley-offga chiqadi. Shu bois O‘zbekiston uchun asosiy vazifa guruhda kamida kuchli ikkilikdan joy olish bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260401/fifa-world-cup-48-jamoa-aniq-56637941.html
bahrayn
iordaniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39990761_248:0:2979:2048_1920x0_80_0_0_63899863d9f2fc58d3dc53be85588bb2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol, jahon chempionati, bahrayn, shimoliy koreya, iordaniya
futbol, jahon chempionati, bahrayn, shimoliy koreya, iordaniya
O‘zbekiston Osiyo kubogida B guruhda: raqiblar qanchalik kuchli?
O‘zbekiston Osiyo kubogi guruh bosqichida Iordaniya, Bahrayn va KXDRga qarshi o‘ynaydi. Raqiblar orasida so‘nggi turnir finalchisi ham bor.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 2027 yilgi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi B guruhidan
joy oldi.
Guruhda O‘zbekistonga Iordaniya, Bahrayn va KXDR terma jamoalari raqiblik qiladi.
Musobaqa 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston guruh bosqichidagi ilk o‘yinini 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘tkazadi. 13-yanvarda KXDR, 18-yanvarda esa Bahrayn bilan bahs bo‘ladi.
O‘zbekistonning guruhdagi o‘yinlari Jidda, Al-Xobar va Riyoz shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan.
B guruhini O‘zbekiston uchun oson guruh deb bo‘lmaydi. Chunki terma jamoa bilan bir guruhga tushgan Iordaniya so‘nggi Osiyo kubogida finalgacha yetib borgan.
Bundan tashqari, Iordaniya ham O‘zbekiston kabi 2026-yilgi jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma olgan. Shu bois B guruhidagi asosiy raqobat O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida kechishi ehtimoli yuqori.
Bahrayn ham oddiy raqib emas. Jamoa so‘nggi Osiyo kubogida Iordaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, E guruhini birinchi o‘rinda yakunlagan va pley-offga chiqqan.
KXDR esa guruhdagi eng noaniq raqiblardan biri. Jamoa nom jihatidan Iordaniya va Bahraynchalik kuchli ko‘rinmasligi mumkin, ammo yopiq va intizomli o‘yin uslubi sabab bunday raqiblarga qarshi uchrashuvlar ko‘pincha qiyin kechadi.
Guruhda Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya yoki amaldagi chempion Qatar kabi Osiyoning yetakchi jamoalari yo‘q. Biroq Iordaniyaning so‘nggi turnir finalchisi ekani, Bahraynning esa o‘sha turnirda guruh g‘olibi bo‘lgani bu guruhni “yengil” deb atashga asos bermaydi.
Reglamentga ko‘ra, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar, shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan to‘rtta uchinchi o‘rin sohibi pley-offga chiqadi. Shu bois O‘zbekiston uchun asosiy vazifa guruhda kamida kuchli ikkilikdan joy olish bo‘ladi.