https://oz.sputniknews.uz/20260510/mirziyoev-moscow-tashrif-yakun-57478619.html
Mirziyoyevning Moskvaga amaliy tashrifi yakunlandi
Mirziyoyevning Moskvaga amaliy tashrifi yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, Vladimir Putin va boshqa xorijiy yetakchilar bilan suhbatlar o‘tkazdi.
2026-05-10T10:17+0500
2026-05-10T10:17+0500
2026-05-10T10:17+0500
9 may - muqaddas xotira va buyuk g‘alaba kuni
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
qosim-jomart tokayev
aleksandr lukashenko
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0a/57477654_0:26:799:475_1920x0_80_0_0_0138d3c3f63807c6695013cad1ced754.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.avlat rahbari tashrif doirasida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Mirziyoyevning ushbu marosimdagi ishtiroki umumiy G‘alabani ta’minlashga hissa qo‘shgan millionlab insonlar xotirasiga, jumladan, O‘zbekiston xalqi frontda va front ortida ko‘rsatgan jasorat, matonat va fidoyilikka hurmat ifodasi bo‘ldi.Xususan, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashdi. Shuningdek, u Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso, Malayziya podshohi Sulton Ibrohim va Laos prezidenti Txonglun Sisulit bilan ham muloqot qildi.Matbuot xizmati ta’kidlashicha, prezidentning xorijiy tashriflari nafaqat xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, balki xorijiy yetakchilar bilan ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyat hisoblanadi.Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Rossiya rasmiylari kuzatib qo‘ydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260509/shavkat-mirziyoev-moskvada-galaba-57466445.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0a/57477654_51:0:760:532_1920x0_80_0_0_5ff82833af828ab119aa24b2144eaab6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
9 may - muqaddas xotira va buyuk g‘alaba kuni, shavkat mirziyoyev, vladimir putin, qosim-jomart tokayev, aleksandr lukashenko, rossiya
9 may - muqaddas xotira va buyuk g‘alaba kuni, shavkat mirziyoyev, vladimir putin, qosim-jomart tokayev, aleksandr lukashenko, rossiya
Mirziyoyevning Moskvaga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Moskvaga tashrifi doirasida G‘alaba kuni tadbirlarida ishtirok etdi hamda Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va boshqa davlatlar yetakchilari bilan suhbatlashdi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
avlat rahbari tashrif doirasida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Mirziyoyevning ushbu marosimdagi ishtiroki umumiy G‘alabani ta’minlashga hissa qo‘shgan millionlab insonlar xotirasiga, jumladan, O‘zbekiston xalqi frontda va front ortida ko‘rsatgan jasorat, matonat va fidoyilikka hurmat ifodasi bo‘ldi.
Shu bilan birga, tashrif doirasida qator ikki tomonlama muloqotlar ham o‘tkazildi.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashdi. Shuningdek, u Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso, Malayziya podshohi Sulton Ibrohim va Laos prezidenti Txonglun Sisulit bilan ham muloqot qildi.
Matbuot xizmati ta’kidlashicha, prezidentning xorijiy tashriflari nafaqat xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, balki xorijiy yetakchilar bilan ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyat hisoblanadi.
Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Rossiya rasmiylari kuzatib qo‘ydi.