O‘zbekiston frontga nimalar yetkazib bergan?

© Sputnik / Baxrom XatamovGosudarstvenniy muzey Slavi v Tashkente
Gosudarstvenniy muzey Slavi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston korxonalari frontga minglab samolyotlar, millionlab dona snarad va o‘q-dorilar hamda kiyim-kechak va millionlab tonna oziq-ovqat yetkazib bergan.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushi yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti to‘liq front ehtiyojlari uchun safarbar qilindi.
O‘zbekistonda 151 ta evakuatsiya qilingan sanoat korxonasi faoliyat yuritgan, 47 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etilgan. Urush yillarida davlat budjetiga 7 milliard 702 million rubldan ziyod mablag‘ ajratilgan.
Front uchun minglab harbiy texnika va qurol-yarog‘ ishlab chiqardi. Jumladan:
2 090 ta Li-2 samolyoti;
19 800 ta aviamotor;
18 641 ta minomot;
22,8 million dona mina;
yuz minglab snarad va aviabombalar ishlab chiqarilgan.
© Sputnik / Baxrom XatamovGosudarstvenniy muzey Slavi v Tashkente
Gosudarstvenniy muzey Slavi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2026
Gosudarstvenniy muzey Slavi v Tashkente
"O‘zbekistonning g‘alabaga qo‘shgan hissasi nafaqat frontdagi jasorat, balki front ortidagi mehnat, bag‘rikenglik va insonparvarlik bilan ham tarixda qolgan", — deydi biz bilan suxbatda ,,G‘alaba bog‘i'' yodgorlik majmuasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Yusupov.
Bundan tashqari Qishloq xo‘jaligi sohasi ham frontni ta’minlashda muhim o‘rin tutdi. Respublika davlatga millionlab tonna paxta, un, g‘alla, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib bergan.
Urush yillarida O‘zbekistonda 129 ta evakogospital faoliyat yuritgan. Bu yerda 485 ming nafar yarador va bemor harbiylar davolangan, ularning katta qismi sog‘ayib yana frontga qaytgan.
O‘zbekistonliklar orasida yuksak harbiy unvonlarga sazovor bo‘lganlar ham ko‘p bo‘lgan. 301 nafar o‘zbekistonlik “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan, yuz minglab harbiylar orden va medallar bilan mukofotlangan.
Yangiliklar lentasi
0