https://oz.sputniknews.uz/20260509/moskvada-galaba-paradi-jonli-efir-57449508.html
Moskvada G‘alaba paradi — 2026
Moskvada G‘alaba paradi — 2026
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Ulug‘ Vatani urushida G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tmoqda. 09.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-09T11:57+0500
2026-05-09T11:57+0500
2026-05-09T13:06+0500
video
g‘alaba
g‘alaba bayrami
9 may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
rossiya
moskva
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/09/57450426_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_36c3e9c885872ecc1d97fb946fdec46e.jpg
Bugun soat 10:00 da Moskvada tantanali parad boshlandi. Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari va harbiy akademiyalar kursantlari Qizil maydon bo‘ylab tantanali yurib o‘tishadi. Harbiy paradda Kursk viloyatini ozod qilishda ishtirok etgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi askarlari ham ishtirok etadi. Harbiy parad tarkibida maxsus operatsiya hududida xizmat qilayotgan, jumladan Strategik Raketa Kuchlari va Aerokosmik Kuchlar qo‘mondonlik punktlari ekipajlari, harbiy dengiz kemalari ekipajlari va boshqa qo‘shin turlari askarlari ham o‘tadi. Bu yilgi parad harbiy texnika ishtirokisiz bo‘lib o‘tadi. An’anaviy ravishda parad yakunida aviatsiya bo‘linmalari Qizil maydon ustidan uchib o‘tadi. Su-25 samolyotlari osmonni Rossiya bayrog‘i ranglariga bo‘yaydi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bugungi paradga tashrif buyurgan. Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mirziyoyevga barcha tashqi signallar va tahdidlarga qaramay Moskvaga kelgani uchun minnatdorlik bildirgan edi. Paradni tomosha qilish uchun bir necha xorijiy davlat rahbarlari Moskvaga kelgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/09/57450426_0:0:1440:1080_1920x0_80_0_0_40f44dc7f4c2ec70834da56df662ca85.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, g‘alaba, g‘alaba bayrami, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni, rossiya, moskva, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, video
video, g‘alaba, g‘alaba bayrami, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni, rossiya, moskva, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, video
Moskvada G‘alaba paradi — 2026
11:57 09.05.2026 (yangilandi: 13:06 09.05.2026) Eksklyuziv
Moskvada Ulug‘ Vatani urushida G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun soat 10:00 da Moskvada tantanali parad boshlandi. Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari va harbiy akademiyalar kursantlari Qizil maydon bo‘ylab tantanali yurib o‘tishadi.
Harbiy paradda Kursk viloyatini ozod qilishda ishtirok etgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi askarlari ham ishtirok etadi.
Harbiy parad tarkibida maxsus operatsiya hududida xizmat qilayotgan, jumladan Strategik Raketa Kuchlari va Aerokosmik Kuchlar qo‘mondonlik punktlari ekipajlari, harbiy dengiz kemalari ekipajlari va boshqa qo‘shin turlari askarlari ham o‘tadi.
Bu yilgi parad harbiy texnika ishtirokisiz bo‘lib o‘tadi.
An’anaviy ravishda parad yakunida aviatsiya bo‘linmalari Qizil maydon ustidan uchib o‘tadi. Su-25 samolyotlari osmonni Rossiya bayrog‘i ranglariga bo‘yaydi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bugungi paradga tashrif buyurgan. Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mirziyoyevga barcha tashqi signallar va tahdidlarga qaramay Moskvaga kelgani uchun minnatdorlik bildirgan edi.
Paradni tomosha qilish uchun bir necha xorijiy davlat rahbarlari Moskvaga kelgan.