G‘alaba kuni — xalqlarimiz birligi ramzi

Obuna bo‘lish
Rossiyaliklar O‘zbekistonning Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini yodda tutadi va hurmat qiladi - Staroselskaya.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Toshkentdagi "Birodarlik qabrlari" yodgorlik majmuasida 9-may G‘alaba kuni hamda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi rahbari Irina Staroselskaya ishtirok etib o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.
"Bugun minglab o‘zbekistonliklar ajdodlari xotirasini yod etish uchun yig‘ilishdi. Men Mangu olovga gullar qo‘yish imkoniyatga ega bo‘lganimizdan juda xursandman. Bilasizmi, bu, menimcha, xalqlarimiz birligi, do‘stlik, vijdon, e’tiqod birligini va o‘sha dahshatli kunlar hech qachon qaytarilmasligi kerakligini anglatadi", - dedi u.
Shuningdek Rossotrudnichestvo rahbari O‘zbekiston Ulug‘ Vatan urushi yillarda fronta ko‘plab qurol aslaha yetkazib berganini, minglab evakuatsiya qilingan odamlar hayotini asrab qolganini esga oldi.
"Rossiyaliklar buni yodda tutishadi va hurmat qilishadi. Va men, ishonamanki, biz nafaqat umumiy tarixga ega bo‘lganimiz, balki bir xil fikrlaganimiz va ushbu bayramni bir xil — quvonch va ko‘z yoshlari hamda faxr bilan nishonlaganimiz uchun ham — do‘stona xalqmiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!" , - dedi Staroselskaya.
Yangiliklar lentasi
0