Vladimir Putin MDH davlatlarini G‘alaba kuni bilan tabrikladi

© RIA NovostiPrezident RF Vladimir Putin.
Prezident RF Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Obuna bo‘lish
G‘alab kuni - frontda jang qilgan va front ortida mashaqqatli mehnat qilgan ota-bobolarimizga hurmat ramzidir - Putin.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Vladimir Putin bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari va fuqarolarini Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 81-yilligi bilan tabrikladi.
Rossiya prezidentining tabrik so‘zlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Gruziya, Moldova xalqlari va rahbarlariga yo‘llandi.
Rossiya prezidenti tabriknomasida ushbu Kun — frontda yelkama-yelka jang qilgan va front ortida mashaqqatli mehnat qilgan, fashist bosqinchilari ustidan uzoq kutilgan g‘alabani yaqinlashtirgan ota-bobolarimizga bo‘lgan minnatdorchiligimiz va hurmatimizni bildirishimizni ta’kidladi.
Xorijiy davlatlar rahbarlari va fuqarolariga yo‘llagan tabriknomalarida Rossiya Prezidenti Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va front ortidagi mehnatkashlarga samimiy tabriklar va minnatdorchilik bildirdi, ularga sihat-salomatlik, matonat va uzoq umr tiladi.
Vladimir Putin Gruziya va Moldova xalqlariga yo‘llagan murojaatida og‘ir urush yillari voqealari xotirasini saqlab qolishga va mamlakatlarimiz xalqlarini bog‘lab turadigan do‘stlik va o‘zaro yordamning yaxshi an’analarini kelajak avlodlarga yetkazishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0